Byudjet-soliq siyosati (fiskal siyosat) Reja


Download 57.59 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi57.59 Kb.
#1785068
  1   2
Bog'liq
Makroiqt Ibrohimov Oybek


BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI
(FISKAL SIYOSAT)
Reja

Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari
Davlat o’z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o’ynaydi. Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.

Bular Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.


Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko’rsatiladi.
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin.
BEVOSITA subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag’lar kirsa, BILVOSITA subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i to‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.
Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat byudjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling