Byudjet-soliq siyosati Reja: Byudjet-soliq siyosatining mohiyati. Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat


Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish


Download 12.42 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi12.42 Kb.
#1385306
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjet-soliq s-WPS Office

3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish

Iqtisodiyotning o'rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog'liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet hishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko'payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo'ladi.
Davlat xarajatlari o'zgarmas bo'lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo'lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining stikligiga bog'liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bog'liq. t qancha yuqori bo'lsa, T chizig'i shuncha tikroq, y qancha pastda bo'lsa, G chizig'i ham shuncha tik boʻladi. Bu esa iqtisodiyotning o'matilgan barqarorligi darajasini oshiradi. Ammo iqtisodiy o'sishning ta'minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo'lishini taqozo etadi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda davlat byudjetining sog'lom faoliyat ko'rsatishi unga tegishli bo'lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo'lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni to'la amalga oshirishning iloji bo'lmaydi. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o'zaro (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi. Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari hajmlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda davlat byudjetining daromadlari uning xarajatlaridan ko'p bo'lishi mumkin. Bunday davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti deyiladi. Aksincha, ba'zi hollarda esa davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlaridan ko'proq bo'ladi. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daromadlaridan ko'p bo'lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi. Boshqa hollar teng bo'lgan sharoitda, davlat byudjeti tengligi davlat byudjetining muvozanatlashtirilganligidan defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital qo'yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; favqulodda hodisalar yuz berishi;
iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning yemirlishi;
moliya-kredit tizimlarining yetarli darajada samarali emasligi;
hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni yetarli darajada nazorat qilolmasligi;

Download 12.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling