Byudjet-soliq siyosati Reja: Byudjet-soliq siyosatining mohiyati. Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat
Download 12.42 Kb.
|
Byudjet-soliq s-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bolgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.
- 2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat.
Byudjet-soliq siyosati Reja: 1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati. 2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat. 3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish. 1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to'liq bandlilikni, to'lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o'zgartirishni o'z ichiga olgan chora xarajatlari va soliqlarini o'zgartirishni o'z ichiga olgan tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg'unlik yoki pasayish davrida bo'lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag'batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Iqtisodiyotda to'liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo'lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo'lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali Iqtisodiyotning davriy o'sishini chegaralashdan iborat. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o'ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo'lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o'z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo'lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko'tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo'l hisoblanadi. 2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat. Diskretsion fiskal siyosat – milliy ishlab chiqarish hajmiga, bandlikka, inflyatsiyaga ta sir etish maqsadida, davlat tomonidan ongli ravishda soliq solish va davlat xarajatlarini tartibga solish tushuniladi, tanazzul sharoitida unga muvofiq davlat sarflari oshiriladi, soliqlaming pasayishi bilan qo’shib olib boriladi, natijada kamomadni moliyalashtirishga, ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi. Inflyatsiya sharoitida diskretsion siyosat davlat sarflarini kamaytirish, soliqlar miqdorini oshirish, davlat sarflarini qisqartirish bilan soliq miqdorini oshirishni qo’shib olib borishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjetining ijobiy saldoga ega bo’lishiga olib keldi. Real hayotda, iqtisodiyotda har xil omillar harakat qiladi. Shuning uchun muvofiq fiskal siyosatni ishlab chiqish juda qiyindir. Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur'atlari va to'lov balansi holatini o'zgartirishga yo'naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig'ini maqsadli o'zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag'batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O'z navbatida davely ko'tarilish tida davriy ko'tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol. o'ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog'liq. Nodiskretsion fiskal siyosat davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig'ini avtomatik o'zgartirishni ko'zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o'zgartirishni ko'zda tutad o'rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o'rnatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o'ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Download 12.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling