Byudjet tashkilotlari buxgalteriya balansi,uning tuzilishi va axborot ma’lumotlari reja
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tuzish, taqdim etish va
Download 51.24 Kb.
|
Бюджет ҳисоби мустакил
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tuzish, taqdim etish va
tasdiqlash tartibi Byudjet tashkilotlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha balansni choraklik va yillik holatda tuzadi va topshiradi. Yillik balans hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik balans hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi. Yillik va choraklik balanslarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo’l qo’yilgan muddati o’tgan qarzdorlikni undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz to’g’risidagi ma’lumotlar, kamomadi aniqlangan va o’g’irlangan pul mablag’lari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan, tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob -uskunalarni) qayta baholash bo’yicha axborotlar ochib beriladi. Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlarto’ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. Balans Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat rakami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi «Bosh-jurnal kitobi» (keyingi o’rinlarda «Bosh-jurnal kitobi» (308- shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi. Buxgalteriya balansining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi: «Tashkilot» rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi; «Bo’lim, kichik bo’lim, bob» rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifining vazifa jihatidan vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) ko’rsatiladi; «Hisobot davri» rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak) ko’rsatiladi; «Byudjet turi» rekvizitida tashkilot tomonidan O’zbekiston Respublika si byudjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot bo’yicha byudjetlar darajasi kodlari ko’rsatiladi. «O’lchov birligi» rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi. Buxgalteriya balansini tuzishda quyidagi shartlar to’liq saqlanishi lozim: hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi; analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, shuningdek balans ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi; balansdagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish. Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan balans noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi. Tashkilotlar jamlama balansni o’zlari ko’rib chiqqan tasarrufidagi quyi tashkilotlarning balanslari hamda o’zining xarajatlar smetasi bo’yicha moliyaviy hisobotlari asosida tuzadi. Buxgalteriya balansi, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi. Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda balans ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar «minus» belgi bilan aks ettiriladi. Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga takdim etiladigan balans hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada balans u tashkil etilgan tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Bunda, g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobot, xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) hamda byudjetdan tashqari mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama balanslari tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari rahbarlari (hisobchilari) tomonidan imzolanadi. Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) muhrlarisiz hamda yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning imzolarisiz moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetida turadigan tashkilotlar balanslarni O’zbekiston Respublikasi Moliya va-zirligining tegishli buyruqlariga muvofiq belgilangan muddatlarda Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etadilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar byudjetlarida turadigan tashkilotlar balanslarni tegishli vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda takdim etadilar. Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan belgilangan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda jamlama balanslarni takdim etadilar. Muddat-lar tegishli byudjetning ijrosi to’g’risidagi balanslarning yuqori turuvchi moliya organiga o’z vaqtida takdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli «Byudjet tashkilotlarini mablag bilan ta’min-lash tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami, 1999 y., 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun balanslarni topshirishning alohida muddatlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining respublika byudjet ida turadigan tashkilotlar yuqori turuvchi idoralarga balanslarni bo’ysunishiga qarab ular tomonidan belgilangan muddatlarda takdim etadilar. O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama balanslarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan, yillik moliyaviy hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20 fevralidan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublika si Moliya vazirligiga takdim etadilar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatilgan muddatlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik jamlama balanslarni takdim etishning differentsiyalangan muddatlarini belgilaydi. Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to’lanishi) yil davomida bir byudjetdan boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o’tkazilgan tashkilotlarda o’tkazish sanasiga balans (yillik balans hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga takdim etiladi. Kelgusida balans faqat yangi yuqori turuvchi idoraga takdim etiladi. Tashkilotlar uchun balanslarni takdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda takdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot takdim etish uchun belgilangan muddat ishlamaydigan kunga to’g’ri kelgan takdirda balans ishlamaydigan kun arafasidagi so’nggi ish kunida takdim etiladi. Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa byudjet mablag’larini oluvchilar tomonidan balanslar belgilangan muddatda topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari byudjet mablag’larini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda ogohlantirgan holda byudjetdan moliyalashni (xarajatlarini to’lashni) cheklashlari, zarur hollarda esa to’xtatib qo’yishlari mumkin. Download 51.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling