Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” fani 2-mavzu budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining shakllanishi va
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobini tashkiliy–uslubiy jihatlari
Download 144.67 Kb.
|
2-Мавзу матн
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobini tashkiliy–uslubiy jihatlari.Byudjet tashkilotlarida rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobining tashkiliy –uslubiy jihatlari me‘yoriy –huquqiy hujjatlarga qat‘iy amal qilgan tashkil etiladi. ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi qonun (yangi tahriri)ga muvofiq byudjet tashkilotlarida faoliyat turiga xos ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi quyidagi asosiy tamoyillar (printsiplar)ga asosan tashkil etiladi: -uzluksizlik; -ishonchililik; -ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. Byudjet tashkilotlarida rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha mablag’lar tushumi va ular sarflanishi hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: memorial order — kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; memorial order — byudjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; memorial order — byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; memorial order — ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; memorial order — turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; memorial order — hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; memorial order — asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; memorial order — oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl; memorial order — oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; memorial order — materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 15-memorial order — ta‘lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son shakl. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno‖ operatsiyalari bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) ushbu yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi. Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi‖da ro’yxatga olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi‖ har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. ―Bosh-jurnal kitobi‖ o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order — jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. Memorial orderdagi summa dastlab ―Order bo’yicha summa‖ qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham ―Order bo’yicha summa‖ qatorining jamiga teng bo’lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo’yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin. Byudjet tashkilotning rahbari tashkilotda rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha mablag’lar tushumi va ularning sarflanishi hisobini tashkil qilinishiga, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga hamda buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo’ladi Download 144.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling