Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” fani 2-mavzu budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining shakllanishi va


Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi


Download 144.67 Kb.
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi144.67 Kb.
#1159028
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Мавзу матн

Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi


daromadlari hisobi.

Byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi O’zbekisotn Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖ning 60-moddasiga asosan byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi daromadlarini shakllantirish manbasi hisoblanadi.


Rivojlantirish jamg’armasi mablag’i bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraq belgilangan tartibda moliya organi tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi.
Moliya organlari organlari tomonidan byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari uchun hisobvaraqalari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi:

  1. moliya organi rahbari yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo’yilgan byudjetdan mablag’ oluvchining arizasi.

  2. rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining tushumlari va xarajatlar limiti ko’rsatilgan tegishli smeta xarajatlarining nusxasi.

Byudjet tashkilotlariga g’aznachilik bo’limlari tomonidan rivojlantirish mablag’lari bo’yicha shaxsiy hisobvaraqda muomala amalga oshirilgan kun uchun ko’chirmalar taqdim etiladi. Bu ko’chirmalarni
―UzASBO‖ dasturidan elektron ko’rinishida ham ko’chirib olish mumkin. Ushbu ko’chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib, 3-memorial order –byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma (381-son shakl) rasmiylashtiriladi. 3-memorial orderga asosan yozuvlar Bosh jurnal kitobi (308-son shakl)ga tushiriladi. Bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
112 ― Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari‖ subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish mablag’larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushumlari, homiylik mablag’lari tushumi, yil yakuniga ko’ra byudjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’ni rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi:




Download 144.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling