Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” fani 2-mavzu budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining shakllanishi va


Download 144.67 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi144.67 Kb.
#1159028
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Мавзу матн


BYUDJET TАSHKILOTLАRI JАMG’АRMАLАRI HISOBI” FANI




2-MAVZU
BUDJET TASHKILOTLARINI RIVOJLANTIRISH JAMG’ARMASI MABLAG’LARINING SHAKLLANISHI VA SARFLANISHI BUXGALTЕRIYA HISOBI


Ergasheva Sh. Professor.


Ma’lumot uchun: barcha ma’ruza tezislarida, taqdimotlarda “Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” (muallif S.M.Buzrukxonov) o’quv qo’llanmasi materiallari ishlatilgan, ularning ushbu kitioblari o’quv kursining asosiy darsligi, ammo boshqa manbalardan ham foydalaniladi.

    1. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi ablag’larining shakllanishi va sarflanishi tartibi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag’laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 yil 3 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida‖gi 414-sonli Qarori qabul qilingan bo’lib, 2000 yil 1 yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan ta‘minlashning yangi tartibi joriy etildi.


Byudjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish maqsadida Byudjet tashkilotlariga Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish huquqi berildi. Shuningdek, rivojlantirish jamg’armasi:
hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar;
homiylikdan olingan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotlarining qo’shimcha daromadlaridan biri balansida turgan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarini va boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan tushgan mablag’i hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlari balansida turgan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarini va boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan ―Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida‖gi Nizom talablariga amal qiladi.
Ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulk ijaraga berilishi mumkin.
Byudjet tashkilotlari balansida turgan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarini va boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish vazifasini ―Davlat mulkini ijaraga berish markazi‖ Davlat unitar korxonalari bajaradi.
Byudjet tashkilotlari balansida turgan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarini va boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishda har yili uch tomonlama ijara shartnomasi tuzadi.
Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi o’rtasida tuziladi. Ijara shartnomasini buyurtmanomalarni ko’rib chiqish bayonnomasida ko’rsatilgan muddat mobaynida, lekin ko’pi bilan besh kun muddatda barcha tomonlar imzolashi kerak.
Transport vositasini ijaraga berishda ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqarolik javobgarligini sug’urta qilishni, shuningdek transport vositasini sug’urta qilishni amalga oshiradi.
Ijara shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ijara to’lovi bo’yicha hisob-kitoblar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ijara to’lovi;

  • kommunal va foydalanish to’lovlari shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud bo’lganda).

Ijara to’lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to’lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) bo’yicha teng miqdordagi to’lovlar bilan to’lanadi. To’lov ijara shartnomasida ko’rsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan to’lash shaklida amalga oshiriladi.
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan davlat mulkini tiklash yoki mukammal ta‘mirlashni amalga oshirgan taqdirda uning qilgan xarajatlari, ijaraga oluvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari ekspertizasi natijalari taqdim etilgan taqdirda, balansda saqlovchiga ajratiladigan ijara to’lovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi.
Ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan davlat mulki ijarasidan mablag’lar, shuningdek ijara to’lovi kechiktirilganligi
uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi har haftada quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:
ijara to’lovi mablag’larining 50 foizi — Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yo’naltiriladi davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk ob‘ektlari bundan mustasno.
Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning mol- mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag’lar elektron savdo maydonchasi operatori to’lovini chegirib tashlagan holda, to’liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg’armalariga o’tkaziladi.
xalq ta‘limi muassasalarining ko’chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag’ning 1 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo’linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to’langan to’lov chegirilgandan keyin — xalq ta‘limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg’armalariga yo’naltiriladi.
ijara to’lovini to’lash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimaning 50 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasiga yo’naltiriladi va qolgan 50 foizi ijaraga beruvchining tasarrufida qoladi.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey- qo’riqxonalari balansida bo’lgan madaniy meros ob‘ektlarini ijara berilgan hollarda (tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari), ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamiga tushadigan ijara to’lovini hamda ijara to’lovi kechiktirilgani uchun undirilgan penya, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi.
mablag’larning 90 foizi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg’armasi shaxsiy g’aznachilik hisob raqamiga o’tkaziladi.
10 foizi tegishli ijaraga beruvchi tasarrufida qoladi.
davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk ob‘ektlari ijara to’lovi mablag’larining 50 foizi — O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg’armasiga, 40 foizi — davlat
mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yo’naltiriladi.
Ijaraga beruvchi mablag’larni Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi, ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi o’rtasida har qaysi ijara shartnomasi bo’yicha alohida, ijaraga beruvchi tomonidan xizmat ko’rsatuvchi bankda ochiladigan tranzit hisob raqamidan taqsimlaydi.
Ijara to’lovining o’z vaqtida va to’liq tushishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi va sotilishi Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarilgan tovarlar shartnomada ko’rsatilgan sotish qiymati bo’yicha yuklab jo’natilganda yoki ishlar va xizmatlar topshirilganda buxgalteriyada tegishli subschyotlarda analitik va sintetik hisobi yuritiladi.
Byudjet tashkilotining ijaradan tushgan mablag’lari faqat:

    • Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to’lashga;

    • Byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;

    • Ijtimoiy rivojlantirish va byudjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag’batlantirish tadbirlariga sarflanadi.



    1. Download 144.67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling