Byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 103.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4554-Article Text-8836-1-10-20221206
- Bu sahifa navigatsiya:
- Specific characteristics of planning the costs of budget organizations on the basis of estimate
Byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari X.Yo.Majidov Z.J.Murtazaev D.E.Nazarova S.M.Ochilova S.I.Usmonov TMI Annotatsiya: Mazkur maqolada byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirishtirishning ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: byudjet tashiloti, xarajatlari smetasi, xarajatlar guruhlari, vaqtincha smeta, doimiy smeta, shtatlar jadvali. Specific characteristics of planning the costs of budget organizations on the basis of estimate X.Yo.Majidov Z.J.Murtazaev D.E.Nazarova S.M.Ochilova S.I.Usmonov Tashkent Financial Institute Abstract: This article examines the importance and specific features of planning the expenses of budget organizations based on estimates. Keywords: budget transport, cost estimate, cost groups, temporary estimate, permanent estimate, staff table. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini isloh qilishga, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, qator chora- tadbirlar amalga oshirildi. Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Davlat byudjetining katta miqdori ham aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1159 Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni talab etmoqda. Respublikamizda xarajatlar smetasidan samarali foydalanish borasidagi asosiy kamchiliklar byudjet tizimining kengligi, xarajatlar smetasini tuzishning va g’aznachilik tizimining shaffof emasligida namoyon bo’lmoqda. Ayrim hollarda xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillarining buzilishi, xarajatlarning rag’batlantirish vazifasini to’laqonli bajarmayotganligi holatlari kuzatilmoqda. Natijada byudjet tashkilotlarining moliyaviy tang holatlarga tushishiga ham yuz bermoqda. Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladigan hujjat hisoblanadi 1 . 1-rasm. Xarajatlar smetasining mohiyati 1 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.T.: “Norma”,MJCh.2014 y- 96 b. 3-moddasi "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1160 Demak, smeta notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin. 2013 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi natijasida yuqoridagi nizom orniga yangi me’yoriy hujjat - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” 2 kuchga kirdi. Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi (2-rasm): yakka (individual) smetalar; - jamlanma smetalar; - budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar; - markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. 2-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi 3 Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat umumta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mustaqil 2 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 51-son, 612-modda 3 2634-sonli “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida talaba tomonidan mustaqil tayyorlandi "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1161 ravishda budjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi. Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta (daromad va xarajatlar smetasi) - tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalarida talabalarni o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar va ularni ishlatish yo‘nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta asosida rejalashtiriladi. Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar - vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh bilan ta’minlash, birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari va anjomlari komplekti taqdim qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi. Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi). Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - budjet tashkilotining (yoki budjet mablag‘lari oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonun hujjatlaridagi o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragida budjet tashkiloti tomonidan sarflangan budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1162 “Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi” 4 . Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas. Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning budjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bilan belgilangan 5 . Byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga haq to’lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) bo’yicha - mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1 yanvarida amalda bo’lgan shartlarda; mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar bo’yicha - mazkur tashkilot faoliyat ko’rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga ko’ra hisobga olinadi. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo’shimcha xarajatlarga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritiladi. 4 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.T.: “Norma”,MJCh.2014 y- 96 b. 104-modda. 5 O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM”. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1163 Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi ming so’mda tuziladi. Byudjet tashkilotlarining shtat jadvallari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so’mda tuziladi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari tomonidan belgilangan shaklda tuziladi. Moliya organlari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi. 3-rasm. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar smetalaridagi xarajatlarning tarkibi 6 Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi. Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar albatta Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi. Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari birinchi navbatda moliyalashtiriladi (to’lanadi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq 6 O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1164 mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi. Kapital qo’yilmalarga ajratmalar (III guruh xarajatlari) joriy byudjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga muvofiq ajratiladi. G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga davlat byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi. Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy byudjetlardan xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va byudjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi. Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjetga mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi. G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari xarajatlarini: - respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi; - mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi. G’azna ijrosiga o’tgan byudjet mablag’i oluvchilar bo’yicha xarajatlarni to’lash: - respublika byudjetidan - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi; - Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan - Moliya vazirligi G’aznachiligining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydiganboshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1165 Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to’lashda) yangi byudjet yilida mablag’ ajratish rejasi byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holatiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig’i summasiga kamaytiriladi. O’tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga sotib olinganlari bundan mustasno) tegishli byudjetlar daromadiga o’tkaziladi. Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlarini moliyalashtirish (to’lash) birinchi navbatda amalga oshiriladi. Xarajatlarning III guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida moliyalashtiriladi (to’lanadi). "Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: • ovqatlantirish; • dori-darmonlar; • kommunal xizmatlar; • boshqaxarajatlar. Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo’lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo’lishi navbatiga ko’ra har qaysi guruh bo’yicha to’lanadi. Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi. G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi. Byudjet mablag’lari hisobot choragida tejab qolinsa, tashkilotlarni kelgusi choraqda mablag’ bilan ta’minlash hajmi kamaytirilmaydi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga tegishli moliya yili uchun byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmini etkazish tegishli moliya organlari "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1166 yoki byudjet mablag’larini taqsimlovchilari tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga tegishli moliya yili uchun byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmini etkazish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish davomida O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga bo’ysunuvchi tashkilotlarga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari va moliya organining mazkur masala bo’yicha ko’rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida ko’rsatmalar beradi. Buning uchun O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning rahbarlari hamda tegishli xodimlarining kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar, ularga tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish tartibi masalalari bo’yicha qonun hujjatlari talablarini tushuntiradilar, byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi hisob- kitoblarini qonun hujjatlariga muvofiq kelishi majburiyligi, xarajat qilishda smeta-shtat intizomiga va tejamkorlik rejimiga rioya qilish haqida ko’rsatmalar beradilar, shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to’ldirish texnikasi masalalari bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar. Download 103.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling