Byudjetdan tashqari fondlar
Download 3 Kb.
|
glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti
- Davlat qarzi
Davlat moliyasi (Gosudarstvennie Finansi, Public Finance)-davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarini bajarish uchun pul mablag'lari bilan ta'minlashga undalgan moliya tizimining muhim bo'g'inidir. Byudjetdan tashqari fondlar (byudjetnie sredstva, Budgetary funds)– umumdavlat moliyasining muhim bo'g'ini bo'lib, ularning faoliyati qat'iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo'llari ko'rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo'llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining yuqori organlarining tegishli aktlari asosida o'z faoliyatini amalga oshiradilar. Davlat byudjeti (gosbyudjet, State budget)- davlat pul mablag'larining (shu jumladan davlat maqsadli fondlari mablag'larining) markazlashtirilgan fondi bo'lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi Davlat qarzi (Gosudarstvenniy dolg, state debt)- davlat tomonidan ichki mablag'ni va xorijdan mablag'jalb qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig'indisi; Mahalliy byudjet (mestniy byudjet, local budget) - Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag'lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mazobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Download 3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling