Byudjetlararo munosabatlar va qarzlar hisobi


Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish


Download 38.98 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi38.98 Kb.
#1546054
1   2   3   4
Bog'liq
byudjetlar aro munosabatlar

Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish.
Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11- sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi.
Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi.
Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnomabildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi.
Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni:
061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar
062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar
071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar
072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar
"Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan.
061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) respublika byudjetidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari.
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari;
g) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari;
d) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari
Download 38.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling