Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish. Byudjetning bajarilishi


Download 18.74 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.74 Kb.
#1569381
Bog'liq
8-mavzu.Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish


Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish.
Byudjetning bajarilishi. Byudjetning bajarilishi uchun butun ma’suliyat byudjet tuzish bo’yicha direktorning zimmasiga tushadi. Bu jarayonning muvaffaqiyatini ikki muhim jihat belgilaydi. Birinchidan, kompaniyaning barcha ma’sul shaxslari nimalar kutilayotganini va maqsadlarni aniq va to’g’ri tushunishlari zarur. Kompaniyaning faoliyatiga jalb etilgan barcha shaxslar ulardan nimani kutishayotganini bilishlari va o’z maqsadlariga qanday erishish to’g’risida ko’rsatma olishlari lozim. Ikkinchidan, yuqori rahbariyat tomonidan qo’llab-quvvatlash va uni rag’batlantirish tizimi ham juda muhimdir. Byudjet tuzish jarayoni qanchalik murakkab bo’lmasin, o’rta va quyi darajadagi rahbarlar oliy rahbariyat qoldiq natijalardan haqiqatan manfaatdorligiga byudjetning rejalashtirilgan maqsadlari bajarilishini rag’batlantirishiga ishonch hosil qilsalargina bu jarayon muvaffaqiyatli bo’ladi.
Byudjetning ijrosini baholash haqiqatda erishilgan natijalar byudjetda rejalashtirilganidan chetga chiqqanligini tahlil qilishga asoslanadi. Chetga chiqishni (og’ishni) belgilash va ularning vujudga kelishining sabablarini aniqlash masalalari me’yoriy xarajatlarni hisobga olish va og’ishlarni (chetga chiqishni) tahlil qilish tizimiga bag’ishlangan navbatdagi bobda batafsil ko’rib chiqiladi.
Pul mablag’lari byudjeti. Pul mablag’larining xarakatlari korxona operatsiya tsiklining eng muhim jihatlaridan biridir. Umumiy byudjetni tayyorlash doirasida pul mablag’lari byudjeti barcha davriy byudjetlar, kapital sarflar byudjeti, foyda va zararlar to’g’risidagi farazli hisobot tugallangandan keyingina ishlab chiqiladi.
Pul mablag’lari byudjeti (yoki pul oqimlari farazi) kelgusi davrdagi pul mablag’lari tushumi va to’lovlar rejasidan iborat. Unda umumiy byudjetning barcha fazalarida rejalashtirilgan operatsiyalar natijasida vujudga keladigan barcha pul mablag’lari oqimini jamlaydi. Byudjet umuman byudjet davri oxirida pul mablag’lari schetidagi kutilayotgan pirovard qoldiqni va yilning har bir oyi uchun moliyaviy ahvolni ko’rsatadi va shuning uchun byudjet tuziladi.
Shu tariqa pul mablag’lari miqdori eng ko’p va eng kam bo’ladigan davrlar rejalashtirilishi mumkin. Pul mablag’lari schetidagi katta qoldiq moliyaviy vositalardan mumkin bo’lgan eng ko’p samaradorlik bilan foydalanilmaganini bildiradi. Past daraja esa korxona joriy majburiyatlarini to’lashga qodir emasligini ko’rsatishi mumkin. Shu sababli pul mablag’larini puxta rejalash zarur.
Pul mablag’lari byudjetining tuzilishi va vazifalari. Pul mablag’lari byudjeti ikki qismdan kutilayotgan pul mablag’lari tushumi va kutilayotgan to’lovlardan iborat. Davr mobaynida kutilayotgan tushumlarni aniqlash uchun sotish byudjetidagi axborotdan, kreditga sotish yoki naqd pulga sotish to’g’risidagi ma’lumotlardan, olinishi lozim bo’lgan schetlar bo’yicha mablag’ to’plash tartibi to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Shuningdek, aktsiyalarni sotish, aktivlarni sotish, qarz olish foiz va dividentlarni olish kabi boshqa manbalardan pul mablag’lari oqimi rejalashtiriladi.
Kutilayotgan to’lovlar summasi turli davriy byudjetlardan olinadi. Pul mablag’lari byudjetini tayyorlashga javobgar shaxs davrda materiallarga va ishchi kuchiga qanday xarajatlar ko’zda tutilganini, qanday tovarlar va xizmatlarni sotib olish zarurligini, shuningdek ularga darhol haq to’lanishi yoki to’lovni kechiktirish mumkinligini bilishi kerak. Shu munosabat bilan kompaniyaning to’lovlar siyosatini va to’lash muhlatlarini bilish juda muhimdir.
Doimiy joriy sarflardan tashqari pul mablag’laridan uskunalarni va boshqa aktivlarni sotib olishga, qarzlarni qaytarishga va boshqa uzoq muddatli majburiyatlarni to’lashga sarflanishi mumkin. Bu axborotlarning hammasi pul mablag’larining to’g’ri byudjetini tuzish uchun to’plash zarur bo’ladi.
Byudjet mablag’lari byudjeti ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, u byudjet davri oxirida pul mablag’lari schetida pirovard qoldiqni ko’rsatadi. Bu qoldiq miqdorini buxgalteriya farazli (istiqbolli) balansi tugallanishiga qadar bilish zarur. Ikkinchidan, byudjet davri ichida har oyning oxirida pul mablag’lari qoldig’ini faraz qilib, moliyaviy resurslar ortiqcha yoki etishmagan davrlarni aniqlaydi.
Byudjetlashtirishning quyidagi ijobiy jihatlari mavjud:

  1. korxonaning asosiy maqsadini ta`minlashda xizmat qiladigan jarayonlarni rejalashtiradi;

  2. alohida bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  3. korxona bo`linmalari rahbarlarini o`z vazifalarini samarali amalga oshirishlariga ko`maklashadi;

  4. korxona xodimlarini ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlarini ta`minlashga xizmat qiladi;

  5. korxona alohida bo`linmalari rahbarlarini belgilangan rejalarning bajarilish darajasini baholashlarida asos bo`ladi.

Byudjetlashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

  • korxonaning maqsadlariga erishishini ta`minlovchi xo`jalik muomalalarini rejalashtirish;

  • barcha darajadagi rahbarlarni o`zlari javobgar markazlar maqsadiga erishishlarida rag`batlantirish;

  • turli xil bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo`linmalar xodimlarining manfaatlari e`tiborga olinadi;

  • korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishini ta`minlash;

  • javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo`yilgan rejalarning bajarilishini baholashda asos vazifasini o`tash;

  • menejerlar malakasini oshirishda ko`maklashish.

Download 18.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling