U yoki bu mahsulot turiga baho belgilash bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir etuvchi omillarni ikki guruhga – tashqi va ichki omillarga ajratish mumkin. - U yoki bu mahsulot turiga baho belgilash bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir etuvchi omillarni ikki guruhga – tashqi va ichki omillarga ajratish mumkin.
- Asosiy tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mahsulotga umumiy talab;
- bozordagi raqobatchi mahsulotlar soni;
- rafobatchi mahsulotlar sifati;
- raqobatchi korxonalarning aynan shu turdagi mahsulotlarining joriy baholari;
- iste’molchilarning mahsulotning yuqori sifati yoki past bahosini afzal ko’rishi;
- iste’molchi talabining mavsumiyligi.
- SHunday qilib, baho bo’yicha yakuniy qarorga kelish uchun bozor holatini, shuningdek, iste’molchi talabini, va u yoki bu turdagi tovar sifatiga nisbatan iste’molchi talabini yaxshi bilish kerak.
Bahoni shakllantirishning eng ko’p ishlatiladigan usuli bu xarajatlar-plyus usulida bahoni shaklllantirishdir. Bunda sotish bahosi mahsulot tannarxiga, uning qanday usul bilan hisoblanishidan qat’iy nazar, foiz yoki qiymat ko’rinishida ustama qo’shiladi. Agar bozor qat’iy shartlar qo’ymayotgan bo’lsa, rahbar bahoni shakllantirishda quyidagi miqdorlarga asoslanishi mumkin: - Bahoni shakllantirishning eng ko’p ishlatiladigan usuli bu xarajatlar-plyus usulida bahoni shaklllantirishdir. Bunda sotish bahosi mahsulot tannarxiga, uning qanday usul bilan hisoblanishidan qat’iy nazar, foiz yoki qiymat ko’rinishida ustama qo’shiladi. Agar bozor qat’iy shartlar qo’ymayotgan bo’lsa, rahbar bahoni shakllantirishda quyidagi miqdorlarga asoslanishi mumkin:
- O’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari + daromad;
- Umumiy o’zgaruvchan xarajatlar + daromad;
- Ishlab chiqarish tannarxi + daromad;
- To’la tannarx + daromad.
- Korxonalar odatda tannarxni xarajatlarni qoplash usuli bilan kalьkulyatsiya qiladilar. O’zgaruvchan xarajatlar asosida tannarxni kalьkulyatsiyalashni esa quyidagi hollarda qo’llagan ma’qul:
- Raqobatchilar bilan taqqoslash;
- Assortiment va strukturaviy o’zgarishlar haqida qarorlar qabul qilish;
- Yangi mahsulotga baholarni o’rnatish;
- qo’shimcha buyurtmalar haqida qarorlar qabul qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |