Byujet hisobi va g`aznachilik
Download 0.51 Mb.
|
Saidusmon Iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT
- Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi
- Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY
- Turkiy davlatlar tashkiloti
- Shanxay hamkorlik tashkiloti
- Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik
- Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti
- Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT
Xalqaro tashkilotlar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2-martda) MDH (1991-yil 21-dekabrdan) TURKSOY (1993-yil 12-iyuldan) Turkiy davlatlar tashkiloti Jahon savdo tashkiloti (1992-1993 yillar) ECOSAN(1992-yil 20-sentabrda) Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)(2001-yil 15-iyun) Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)(2006-yil) Interpol (1994-yildan) MAGATE (1994-yil 21-yanvardan) UNESCO (1993-yil 26-oktabrdan) NATO (1994-yil 13-iyuldan) OPEC (2017-yil 30-noyabrdan (kuzatuvchi sifatida)) EXHT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi. Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY— turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi.1 Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir. Turkiy davlatlar tashkiloti — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan. Jahon Savdo Tashkiloti — 1992-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT (ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. ECOSAN xalqaro jamg’armasi respublikamizdagi eng yirik nohukumat tashkilotdir. Jamg’arma 1992-yilda hukumat va nohukumat muassalari, xalqaro tashkilotlar, mutaxasis olimlarning ko’magida respublikadagi ekologik muamolarni hal etish uchun tash kil qilingan. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida 2015-yil 15-iyunda tuzilgan. Osiyo Parlament Assambleyasi - Osiyodagi demokratik davlatlarning parlamentlararo munosabatlaridir. Interpol — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923-yilda Vena shahri Avstriyada asos solingan. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA; MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish boʻyicha hukumatlararo tashkilot, BMTning New York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-yil sentabrda qabul qilinib, 1957-yil 29 iyulda kuchga kirgan. UNESCO (inglizcha: United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan. NATO, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha: Organisation du traité de l'Atlantique nord, OTAN) — Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanmasi, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 30 taga yetgan. Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi — OPEK — neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bogʻliq boʻlgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi — dunyodagi neft narxlari ustidan nazorat olib borish. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) — davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling