C# Chiqarish operatori Consol rejimi


Download 47.28 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi47.28 Kb.
#1833691
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu 1


C# Chiqarish operatori
Consol rejimi. Visual Studio.NET sistemasida dasturni kompilyatsiya qilish va bajarishning bir necha usuli bor. Ko‘p hollarda dasturchilar dasturni alohida kompilyatsiya qilib bir nechta tugmalar kombinatsiyalari orqali ishlatishga o‘rganishgan.
++ tugmalarini bosish orqali yoki menyuning Build- >Build Solution qismini tanlash orqali dasturni kompilyatsiya qilish mumkin. Alternativ variant sifatida instrumentlar panelidagi Build tugmasini bosish ham mumkin. Dasturni kompilyatsiya qilmasdan ishlatish uchun + tugmasini yoki menyuning Debug->Start Without Debugging qismini tanlash yoki panel instrumentlar qismidagi mos tugmani bosish lozim.
namespace Kirish
{
internal class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine(" Salom yosh dasturchi!");
}
}
}
C# tilida yozilgan dasturni ishlatish.
1. Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim (hello.cs).
2. Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug‘ini bajarish lozim. Ushbu buyruq bajarilgach, natijaviy .exe kengaytmali fayl hosil bo‘ladi. Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi. Debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada exe faylni qayta ishlovchi dasturda tahlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin.
3. Dasturni ishlatish natijasida, ekranga Salom yosh dasturchi! yozuvi chiqariladi.
 C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz. (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamizning nomini masalan “Misol” deb nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi.
Console rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo‘lib: uning barcha metodlari o‘zgarmas, sanoqli bo‘lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o‘z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart Consolda amalga oshiriladi (agar u bo‘lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o‘zgartirish mumkin.
Console bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi: Read, ReadLine, Write, WriteLine birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi.
Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo‘lsa, -1 ni qaytaradi. Masalan:
namespace Misol
{
internal class Program
{
static void Main(string[] args)
{
int i =Console.Read();
Console.WriteLine(i);
}
}
}
Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi.

Download 47.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling