C# da Satrlar C# tili Unicode


Download 40.79 Kb.
bet6/7
Sana01.09.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1672074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
C# da Satrlar

Satrlarni qirqish. Dastlabki yoki oxirgi belgilarni qirqib olish uchun Trim() metodi (funksiyasi) dan foydalaniladi:
string text = " hello world ";
text = text.Trim(); // natija: "hello world"
text = text. Trim(new char[] { 'd', 'h' });
// natija: "ello worl"
Parametrlarsiz Trim funksiyasi dastlabki va oxirgi bo‘shliqlarni qirqadi (olib tashlaydi) va qirqilgan satrni qaytaradi. Dastlabki va oxirgi belgilarni qirqish kerakligini aniq ko‘rsatish uchun, ushbu belgilar massivini funksiya argumenti sifatida berish kerak.
Ushbu funksiya qisman o‘xshashlarga ega: TrimStart funksiyasi dastlabki belgilarni, TrimEnd funksiyasi esa oxirgi belgilarni qirqadi.
Satr qismini kesib olish. Satrning ma'lum bir qismini kesib olish uchun Substring funksiyasidan foydalaniladi:
string text = "Toshkent shahar";
// uchinchi belgidan boshlab kesib olish
text = text.Substring(2);
// natija "shkent shahar "
Console.WriteLine(text);
// boshidan oxirgi ikki belgigacha kesib olish
text = text.Substring(0, text.Length - 2);
// natija "shkent shah"
Console.WriteLine(text);
Shuningdek, Substring funksiyasi kesilgan satrni qaytaradi. Satrni kesish uchun parametr sifatida birinchi versiyada indeks ishlatildi. Satr qismini kesib olish uchun ikkinchi versiyada ikkita parametr ya’ni kesishning dastlabki va kesiladigan satr qismining uzunligi qo‘llanilgan.
Bitta satrni boshqasiga qo‘yish. Bitta satrni boshqasiga qo‘yish uchun Insert funksiyasi qo‘llaniladi.
string text = "Toshkent shahar";
string subString = " chiroyli ";
text = text.Insert(8, subString);
Console.WriteLine(text);
// natija: Toshkent chiroyli shahar
Insert funksiyasidagi birinchi parametr - bu boshqa bir satrni kiritish kerak bo‘lgan indeks, ikkinchi parametr esa haqiqiy satr ostisidir.
Satrni o‘chirish. Satr qismini o‘chirish uchun Remove metodi yordam beradi:
string text = "Toshkent shahar";
int ind = text.Length - 1; // oxirgi belgi indeksi
text = text.Remove(ind); // oxirgi belgini kesamiz
Console.WriteLine(text);
Natija: Toshkent shaha
text = text.Remove(0, 2);
// birinchi ikkita belgini kesish
Console.WriteLine(text);
Natija: shkent shaha
Remove metodining birinchi versiyasida satrdagi o‘chirish kerak bo‘lgan belgining indeksini qabul qiladi. Ikkinchi versiya esa yana bitta parametr ya’ni nechta belgini o‘chirish kerakligini qabul qiladi.
Almashtirish. Bir belgini almashtirish yoki satr qismini almashtirish uchun Replace metodi qo‘llaniladi:
string text = "Toshkent shahar";
text = text.Replace("shahar", "viloyat");
Console.WriteLine(text);
Natija: Toshkent viloyat
text = text.Replace("o", "a");
Console.WriteLine(text);
Natija: Tashkent vilayat
text2 = text2.Replace("a", "");
Console.WriteLine(text2);
Natija: Tshkent vilyt
Replace funksiyasidan foydalanishning uchinchi holatida satrdagi bitta "a" belgisi, bo‘sh satr belgisiga almashtiriladi, ya'ni u aslida matndan o‘chiriladi. Xuddi shu tarzda, ba'zi bir aniq matnlarni satrlardan o‘chirish oson.

Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling