C++ da umumiy turlardan foydalangan holda, shablon funksiyalar va sinflarni aniqlashimiz mumkin


Download 52.16 Kb.
bet3/10
Sana19.11.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1786539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
C da umumiy turlardan foydalangan holda, shablon funksiyalar v

using namespace std;


  1. template <typename T>

  2. T maxValue(T value1, T value2)

  3. {

  4. if (value1 > value2)

  5. return value1;

  6. else

10. return value2;
11. }
12. int main()
13. {
14. cout << "1 va 3 ning kattasi: " << maxValue(1, 3) << endl;
15. cout << "1.5 va 0.3 ning kattasi: " "
16. << maxValue (1.5, 0.3) << endl;
17. cout << "‘A’ va ‘N’ ning kattasi: "
18. << maxValue ('A', 'N') << endl;
19. cout << " \"NBC\" va \"ABC\" ning kattasi: "
20. << maxValue (string("NBC"), string("ABC")) << endl;
21. return 0;
22. }
Natija:

1 va 3 ning kattasi: 3
1.5 va 0.3 ning kattasi: 1.5
‘A’ va ‘N’ ning kattasi: N
"NBC" va "ABC" ning kattasi: NBC

Funksiya shablonining aniqlanishi parametrlar ro`yxati tomonidan berilgan template – kalit so`zi bilan boshlanadi. Har bir parametr dastlab o`zaro teng kuchli bo`lgan typename yoki class kalit so`zi orqali, yoki ko`rinishida beriladi. Masalan, 5-satrdagi
template<typename T>
maxValue uchun funksiya shablonining aniqlanishini boshlaydi. Shuningdek, bu satr prefiks shablon deb ham yuritiladi. Bu yerda T – parametr turi. Katta T harfining faqat parametr turini ifodalashda ishlatilishi kelishilgan.
maxValue funksiyasi 6-12qatorlarda aniqlangan. Undan funksiya qaytaruvchi qiymat turi, funksiya parametrlari yoki funksiyada e’lon qilingan o`zgaruvchilarning turlarini aniqlashda foydalanish mumkin. Kodning 16-22-qatorlarida int, double, char va string turlari bo`yicha katta qiymatlilarni qaytarish uchun maxValue funksiyasi chaqirilgan. Funksiya maxValue(1, 3) ko`rinishda chaqirilganda, kompilyator argument turi int ekanligini aniqlaydi va funksiyani aniq int turida chaqirish uchun, T – parametr turini int ga o`zgartiradi. Funksiya maxValue(string("NBC"), string("ABC")) ko`rinishda chaqirilganda, kompilyator argument turi string ekanligini aniqlaydi va funksiyani aniq string turida chaqirish uchun, T – parametr turini string ga o`zgartiradi.
Agar 22-qatorda berilgan maxValue(string("NBC"), string("ABC")) ni maxValue("NBC", "ABC") deb o`zgartirsak nima bo`ladi? Unda biz funksiya ABC ni qaytarishini ko`rish uchun “syurpriz” tayyorlagan bo`lamiz. Nima uchun? Chunki “NBC” va “ABC” lar – C-satrlardir. maxValue("NBC", "ABC") ning chaqirilishi “NBC” va “ABC” larning manzillarini funksiya parametriga uzatadi. value1 > value2 taqqoslash vaqtida ikkita massivning manzillari taqqoslanadi, tarkiblari emas.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling