C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlash
Download 255.77 Kb. Pdf ko'rish
|
C dasturlash tilida fayllar bilan ishlash (1)
C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlash Ko‘pgina kompyuter dasturlari fayllar bilan ishlaydi. Bunda fayllarni yaratish, o‘chirish, yozish, o‘qish, ochish mumkin bo‘ladi. Fayl – bu xotira qurilmalarida saqlanishi mumkin bo‘lgan baytlar to‘plamidir. Fayl o‘ziga xos nomga ega, masalan, fayl.txt fayli bo‘lgan ma’lum bir bayt ketma-ketligi sifatida tushuniladi. Xuddi shu nomdagi fayllar bitta katalogda bo‘lishi mumkin emas. Fayl nomi nafaqat uning nomini, balki kengaytmasini ham anglatadi, masalan: file.txt va file.dat bir xil nomga ega bo‘lsada, turli xil fayllar hisoblanadi. Fayllarning to‘liq nomi kabi tushuncha mavjud – bu fayl nomi bilan fayl katalogining to‘liq manzilidir, masalan: D:\docs\file.txt. Ushbu asosiy tushunchalarni tushunish muhim hisoblanadi, aks holda fayllar bilan ishlashda muammo paydo bo‘ladi. C++ dasturlash tilida barcha fayllar, baytlar ketma-ketligi deb qaraladi. Uning kutubxonasidagi funksiyalar fayllar bilan ham, qurilmalar bilan ham ma’lumot almashinishda foydalaniladi. C++ tili kutubxonasida kiritish va chiqarish, quyi darajadagi kiritish, chiqarish hamda portlar uchun kiritish va chiqarish, shuningdek, oqimli daraja tizim xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi uchun qaralmaydi. Oqimli chiqarish va kiritishda ma’lumotlar bilan almashish baytma-bayt amalga oshiriladi. Ammo tashqi xotira qurilmalari bilan almashish oldidan belgilangan ma’lumotlar bloki orqali amalga oshiriladi. Odatda ushbu blokning minimal hajmi 512 yoki 1024 baytga teng bo‘ladi. Bunda diskga o‘qilishda ma’lumotlar operatsion qatordagi buferi yoziladi, so‘ngra baytma bayt buferga yig‘iladi, so‘ngra diskka har bir murojaat qilinganda yagona blok sifatida uzatiladi. Shuning uchun ma’lumot almashishi diskka to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishiga ko‘ra tezroq amalga oshadi. Ushbu fikrlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, oqim – bu buferlash vositalari va fayldir. Oqim bilan ishlashda quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: - oqimlarni ochish va yopish; - belgi, satr, formatlangan ma’lumot ixtiyoriy uzunlikdagi ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish va fayl oxiriga yetganlik shartini tahlil qilish; - buferlash va bufer hajmini boshqarish; - ko‘rsatkich oqimidagi o‘rnini aniqlash yoki yangi o‘ringa o‘tkazish. Ushbu vazifalarni bajarishda, dasturrga stdio.h – faylini ulash talab etiladi. Buning natijasida dastur bajarilishi boshlanganda avtomatik ravishda quyidagi oqimlar ochiladi: - standart kiritish oqimi stdin; - standart chiqarish oqimi stdout; - xatolar haqida malumotlar standart oqimi stderr; Download 255.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling