C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlash
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Download 255.77 Kb. Pdf ko'rish
|
C dasturlash tilida fayllar bilan ishlash (1)
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. s fayl nomi va n (n>1) butun soni berilgan. Butun son joylashadigan s nomli fayl tuzilsin va unga n gacha bo‘lgan juft musbat sonlar ketma-ketligini yozuvchi dastur tuzing. 2. s fayl nomi va haqiqiy a, d sonlari berilgan. Tashqi faylga 1-hadi a ga ayirmasi d ga teng bo‘lgan arifmetik progressiyaning dastlabki 10 ta hadini aniqlovchi dastur tuzing. 3. Butun sonli fayl nomi berilgan. Fayldagi elementlar sonini topuvchi dastur tuzing. Agar bunday nomdagi fayl topilmasa – 1 chop etilsin. 4. Haqiqiy sonli fayl berilgan. Undagi elementlarning o‘rta arifmetigini topuvchi dastur tuzing. 5. Haqiqiy sonli fayl berilgan. Faylning juft o‘rindagi elementlari yig‘indisi hisoblash dasturini tuzing. 6. Haqiqiy sonli fayl berilgan. Uning barcha elementlarini kvadratlari bilan almashtiruvchi dastur tuzing. 7. Ixtiyoriy tipli fayl berilgan. Uning nusxasini yangi nomdagi faylga saqlovchi dastur tuzing. 8. Bir xil tipli turli o‘lchamlarga ega 3 ta fayl berilgan. Eng qisqa ma’lumotni saqlayotgan fayldagi ma’lumot bilan eng uzun ma’lumotni saqlayotgan fayldagi ma’lumotni almashtiruvchi dastur tuzing. 9. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan haqiqiy sonli s1 va s2 nomli fayllar berilgan. Ulardagi ma’lumotlarni s3 nomli yangi faylga o‘sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing. 10. a va b kvadrat matritsalarni o‘zlarida saqlovchi s a va s b haqiqiy sonli fayllar berilgan. Berilgan fayllardagi matritsalarning ko‘paytmasini o‘zida saqlovchi s c yangi faylni yaratuvchi dastur tuzing. Agar fayllardagi matritsalarni ko‘paytirish mumkin bo‘lmasa s c fayli bo‘sh qoldirilsin. Download 255.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling