C# dasturlash tilida matematik funksiyalar Reja: C# dasturlash tili tarixi


C# dasturlash tilida matematik funksiyalar, arifmetik, mantiqiy va munosabat operatorlari


Download 41.58 Kb.
bet3/7
Sana03.11.2023
Hajmi41.58 Kb.
#1743446
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Olimtoy

C# dasturlash tilida matematik funksiyalar, arifmetik, mantiqiy va munosabat operatorlari.

Ma`lumki dastur kodida har qanday formula aslidek yozilmaydi, balki ma`lum bir qoidaga asosan yoziladi. Keling sizlar bilan eng avvalo arifmetik amallarni dastur kodiga yozishni ko’rib chiqaylik.


Qo’shish: a+b; int a=5, b=7; a+b=12;
Ayrish: a-b; int a=8, b=4; a-b=4;
Bo’lish: a/b; int a=12, b=3; a/b=3;
Ko’paytirish: a*b; int a=3, b=2; a*b=6;
Qoldiqli bo’lish: a%b; int a=15, b=6; a%b=3;

Matematik funksiyalar:
Abs(a) – berilgan sonni modulini qaytaradi. A=Math.Abs(b); Acos – sonni arkosinusini hisoblaydi. A=Math.Acos(b); Asin – sonni arksinusini hisoblaydi. A=Math.Asin(b); Atan – sonni arktangensini hisoblaydi. A=Math.Atan(b); BigMul – berilgan butun sonlarni ko’paytmasini qaytaradi. Aniqlanish sohasi int, qiymatlar sohasi long. C=BigMul(a,b); Ceiling – berilgan sondan kichik bo’lmagan eng kichik butun sonni topadi. Aniqlanish va qiymatlar sohasi double. Cos – berilgan sonni kosinusini hisoblaydi. A=Math.Cos(b);
Sin – berilgan sonni sinusini hisoblaydi. A=Math.Cos(b); DivRem – (a/b) ifodani butun va qoldiq qismini olib beradi. Aniqlanish va qiymatlar sohasi int. c=Math.DivRem(a,b, out d); c-butun qism, d-qoldiq. Exp – berilgan sonni eksponentasini hisoblab beradi.
Ushbu toifaga kiradigan unar operatorlar quyidagilar:
Increment(++): Inkrement operatori butun sonni bittaga orttirish uchun ishlatiladi. Bu operatoni ishlatishning 2 xil usuli bor: Amal o'zgaruvchi identifikatordan oldin ishlatilganda, uning qiymati darhol kattalashtiriladi. Masalan, ++x. Amal o'zgaruvchi identifikatordan keyin ishlatilganda, uning qiymati vaqtincha saqlanib turadi va keyingi operator ishlatilgach kattalashtiriladi. Masalan, x++.
Decrement(--): Dekrement operatori butun sonni bittaga kamaytirish uchun ishlatiladi. Bu operator ham ikki xil formada ishlatiladi. Amal o'zgaruvchi identifikatordan oldin ishlatilganda, uning qiymati darhol kamaytiriladi. Masalan, --x. Amal o'zgaruvchi identifikatordan keyin ishlatilganda, uning qiymati vaqtincha saqlanib turadi va keyingi operator ishlatilgach kamaytiriladi. Masalan, x--.

Download 41.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling