C++ dasturlash tilida matematik masalalarni yechish


Kiritish va chiqarish operatorlari


Download 1.08 Mb.
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1220715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
C DASTURLASH TILIDA MATEMATIK MASALALARNI YECHISH

Kiritish va chiqarish operatorlari. Dasturda klaviatura orqali ma'lumot kiritish va ekranga chiqarish uchun preprotsessor direktivasini, ya'ni #include ni dasturga qo'shish shart. Ma'lumotlarni kiritish std::cin >>, ma'lumotlarni chiqarish std::cout << operatori orqali amalga oshiriladi.
std::cin >> a;
Bu operator bajarilganda ekranda kursor paydo bo'ladi. Kerakli ma'lumot klaviatura orqali kiritilgandan so'ng Enter tugmasi bosiladi. cout orqali ekranga ixtiyoriy ma'lumotni chiqarish mumkin. Satrli ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun, ularni qo'shtirnoq orasida yozish kerak.
Matemetik funksiyalardan dasturda foydalanish uchun math.h faylini dasturga qo'shish kerak. #include
Matematik funksiyalardan foydalanish
// Muallif: Dildora Anvarovna
// Maqsad: kiritilgan son ildizini chiqaruvchi dastur
#include
#include
using namespace std;
int main()
{ float a;
cout << "a="; cin >> a;
a = sqrt(a);
cout << a << endl;
return 0;
} Dasturni kiritib natijani olamiz:
С++ tilida oddiy dastur. С++ tilida yozilgan dastur quyidagi tarkibdan tashkil topgan.
1. Direktivalar-funksiyalar kutubxonasini chaqirish (yuklash). Ular maxsus include katalogida joylashgan va .h fayllar deb nomlanadi. Dasturda masalaning qo‘yilishiga qarab kerakli includelar chaqiriladi. Bu dasturning xotirada egallaydigan joyini minimallashtiradi.
Agar #include satrini T.Paskal tiliga solishtiradigan bo‘lsak, modullar yoki maxsus operator va funksiyalar joylashgan bibliotekalar ko‘rsatiladi. С++ dasturlash tilining yana bir ahamiyatli tomoni shundan iboratki, maxsus bibliotekalarga yo‘l ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Masalan:
# include “math.h” – joriy katalogdan chaqirish va u ko‘rinishda yoziladi:
# include “/user/pol/math2.h”
Bu yerda math.h fayli joriy foydalanuvchi katalogida, math2.h esa /user/pol katalogida joylashgan, ya’ni kompilyator shu yerga murojaat qiladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling