C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash. If, if else, ?: switch va goto operatorlari


Download 194.24 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi194.24 Kb.
#1184649
Bog'liq
11. Akmal aka C dasturida tarmoqlanish jarayoni

C++ dasturida tarmoqlanish jarayoni

Reja:

  • if va if else operatorlari;
  • ? : operatori
  • break operatori

Chiziqli jarayonlarni dasturlashda buyruqlar ketma-ket bajariladi, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda esa, buyruqlar ma’lum bir shartlar asosida tarmoqlanish bo‘yicha bajariladi. C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi (shartli) jarayonlarni bir necha turlarga bo’lingan holda dasturlar tuziladi. Tarmoqlanuvchi jarayonlami amalga oshiruvchi operatorlarni qisqacha qilib shartli operatorlar deb yuritamiz. Shartli operatorlar ham qisqa, to’liq va sodda shartli operator ko‘rinishlarda tarmoqlanuvchi jarayonlami amalga oshiradi.

Chiziqli jarayonlarni dasturlashda buyruqlar ketma-ket bajariladi, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda esa, buyruqlar ma’lum bir shartlar asosida tarmoqlanish bo‘yicha bajariladi. C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi (shartli) jarayonlarni bir necha turlarga bo’lingan holda dasturlar tuziladi. Tarmoqlanuvchi jarayonlami amalga oshiruvchi operatorlarni qisqacha qilib shartli operatorlar deb yuritamiz. Shartli operatorlar ham qisqa, to’liq va sodda shartli operator ko‘rinishlarda tarmoqlanuvchi jarayonlami amalga oshiradi.

Tarmoqlanuvchi jarayonlarni C++ dasturlash tilida, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Algoritm bajarilish vaqtida ma'lum bir shartlar asosida algoritmning u yoki bu qismi bajarilishini ta’minlash maqsadida shartli operatorlardan foydalaniladi.

Tarif: Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga bo‘linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi.

Tarif: Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga bo‘linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi.

Hayotdagi asosiy ko‘p masalalarni dasturlash vaqtida, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi.

Tarmoqlanuvchi algoritmlar ham ikki xil holatni o’z ichiga oladi:

  • ya'ni shart rost bo’lganda ma’lum bir vazifani yolg’on bo’lganda hech qanday vazifani bajarmaydi
  • va shart rost bo’lganda ma’lum bir vazifani yolg'on bo’lganda boshqa vazifani bajaradi.
  • Demak, yuqoridagi ikki holatni e’tiborga olib, shartli operatorlar ham qisqa va to’liq ko'rinishga ega.

if operatori

Qisqa shartli operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

if <(shart)> {operator1; operator2; ... operatorn;}

if operatori tarkibida shartlar ikki va undan ortiq bo‘lsa mantiqiy ifodalar asosida birlashtiriladi. if operatori tarkibidagi shart faqat chin bo’lgandagina {} ichidagi opertorlar bajariladi.

if operatori

Misol: Uchta natural son berilgan bo’lsin, agar oxirgi ikkitasining yig’indisi birinchisiga teng bo‘lsa, u holda birinchisini oxirgi ikkitasini ayirmasi bilan almashtiring aks holda о’zgarishsiz qoldirilsin.

if else operatori

C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni to’liq shartli ko‘rinishini ifodalash uchun if else operatoridan foydalaniladi.

Berilgan shart (mantiqiy ifoda)ning qiymati true (rost) yoki false (yolg‘on)ligiga bog‘liq holda u yoki bu buyruqlar ketma-ketligini bajarish zarur bo‘lgan holda tarmoqlanish buyrug‘ining if - else ko‘rinishidan ifodalaniladi.

if else operatori

Tarmoqlanuvchi jarayonlami C++ dasturlash tilida to‘liq shartli operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

if <(shart)> {operator1; operator2;... operatorn;}

else {operator_xl; operator_x2;... operator_xn;}

if else operatori tarkibidagi shartlar chin qiymat qabul qilganda {operator1; operator2; ... operatorn;} bajariladi aks holda { operator_x1; operator_x2; ... operator_xn;} bajariladi.

if else operatori

Misol: Quyidagi masalani C++ tilida dasturiy ta'minotini yaratish.

? : operatori

?: shart amali: C++, Java dasturlash tilida “?” amali ham aniqlangan bo‘lib tekshirilayotgan shart nisbatan sodda bo‘lsa, shart amalining «?:» ko‘rinishini ishlatish mumkin. ?: shart amalining umumiy ko‘rinishi quyidagicha.

? : ;

Shart amali if shart operatoriga o‘xshash holda ishlaydi: agar 0 qiymatidan farqli yoki true bo‘lsa, , aks holda bajariladi. Odatda ifodalar qiymatlari birorta o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi.

? : operatori

Misol: Quyidagi masalani C++ tilida dasturiy ta’minotini yarating.

break operatori

Ba’zan dastur yoki qaysidir buyruqlar to‘liq ijro etilmasdan, qo‘qqisdan ishni to'xtatib (avariya holati) dastur yoki buyruqdan chiqib ketishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda break (uzish) operatoridan foydalaniladi. C++ break operatorini uchratgach, dasturni bajarishni to‘xtatadi va break operatori joylashgan blokdan chiqib, undan keyingi buyruqlarni bajarishga o‘tadi. Demak, unutmaslik kerakki, break operatori faqat o‘zi joylashgan blokdan chiqib ketish imkonini beradi. Lekin tanlash, sikl buyruqlari ichida break operatoridan foydalanilsa, o‘sha buyruqning o‘zini blok deb tushunadi.

break operatori

Bu operatordan zarurat bo‘lganda dasturning ixtiyoriy joyida foydalanish mumkin. Ammo chuqur o'ylamasdan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Masalan, int main( ) funksiyasi blokida foydalanilsa, break; operatoridan keyingi buyruqlar bajarilmaydi. Bu holda break operatori int main( ) funksiyasi blokidan chiqishni ta’minlaydi va natijada dasturni bajarish to'xtatiladi.


Download 194.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling