C h e t e L m u s I q a t a r I x I


Ekspozitsiya va reprizaga xoshiya sifatida u qolgan boshqa mavzu


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/76
Sana20.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1788190
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
Bog'liq
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)

Ekspozitsiya va reprizaga xoshiya sifatida u qolgan boshqa mavzu 
materialiga qarshi qo‘yiladi.
Muqaddimada bu mavzu lirik-falsafiy mushohada bilan sadolanadi, 
rivojlovda fojeaviy ta’sirchanlikkacha yuksaladi, kodada dardli 
xarakterga ega bo‘ladi:
20
-misol
AOegro moderato
Bosh partiya mavzusini bayon etilishi o ‘ziga xos qo‘shiq uslublari
bilan diqqatni o ‘ziga tortadi. Klametlar va goboylar bu nafis, lirik 
g ‘amgin-o‘ychan kuyni ijro etishadi:
21
-misol
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yordamchi partiya ham qo‘shiqqa yaqin. Uni violonchellar quyuq, 
yumshoq tembr bilan ijro etishadi.
Mavzu klassik simfoniyaga xos boMmagan - sol major tonalligida (si 
minor tonalligiga nisbatan VI bosqich tonalligi) sadolanadi:
22
-misol
Ekspozitsiya mavzulari o ‘rtasida antagonism va ichki qarama- 
qarshilik yo‘q. Ikkalasi ham qokshiqqa yaqin, lirik mavzular 
to‘qnashuvda emas, balki taqqoslashda berilgan.
Rivojlov muqaddima materialida berilgan. Tez-tez keluvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


aksentlar, tovush kuchining keskin almashinuvi, notinchlik bilan urib 
turuvchi fon zo‘r keskinlik, shiddat, sadolanishda ulkan zo‘riqish 
yaratadi. Keskinlikning eng cho‘qqisida orkestr sadolanishi 
trombonlaming ijroga qo‘shilishi tufayli kuchayadi. Bu rivojlovning 
birinchi davri. Ikkinchi davr o ‘ta keskin kechadi. Turli orkestr 
birikmalarida muqaddimaning ayrim ohanglari kanon tarzida qayta 
ishlanadi, punktir ritmli yangi ifodali lavha kiritiladi. Kulminatsiya 
lahzasi D-dur va h-moll ning o‘tkir kurashi bilan boshlanadi.

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling