C h e t e L m u s I q a t a r I x I


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/76
Sana20.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1788190
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)

Shopen noktyurnlarida 
lirik boshlanma markazlashgan bo'lib, u 
yangi romantik estetika uchun tipik hisoblanardi. Ko'pgina noktyumlar 
30 
40 -yillaming boshlari davrida yaratilgan.
Noktyum - romantik musiqaning o'ziga xos janri bo'lib, lirik 
miniatyura ko'rinishlaridan hisoblanadi. U original mavzulari bilan 
ajraiib turadi. «Noktyum» so‘zi «tungi» m a’nosini anglatadi. Noktyurn 
musiqiy janrining yaratilishidagi birinchilik Rossiyada yashagan ingliz 
bastakori Djon Fildga tegishlidir. Ushbu mashhur bastakor, pianinochi 
va pedagog fortepiano musiqasida alohida yo'nalish ijodkori bo'lgan. 
Djon Fild ushbu romantik lirik miniatyuralaming asosiy qirralarini 
ko'rsatib bergan edi. Shopen Fild noktyumlarini qayta yaratdi, o'z 
asarlariga lirik tuyg'ular, tragik pafos, nozik elegiyaviylik va 
melanxoliyanini katta kuchini singdirdi.
Shopenning har o ‘n ikki noktyurnlari 
ilk Fild noktyurn lari ga 
yaqin bo'lgan e-moll or. 72 (1827) dan boshlab to noktyumning janr 
imkoniyatlari 
doirasidan 
chiqib 
ketadigan 
mahobatli 
c-moll 
noktyumigacha umumiy uslubiy qirralami birlashtirib turadi.
Shopen noktyurnlari qo'shiq ohanglariga yaqin bo'lgan kantilena, 
keng mavzularga tayanadi. Kantilen ohanglari akkordli - figuratsion 
fonda ko'rsatilgan, ular birinchi tovushlaridanoq tinglovchini xayoliy 
romantik muhitga olib kiradi. Shopen 
noktyurnlarida janrlarga oid 
aloqalar ochiq ko'rinadi. Ularning ko'plarida xoral, marsh, serenada, 
duet, qo'shiq va boshqa janrlaming belgilari sezilarlidir. Zero, garmonik
www.ziyouz.com kutubxonasi


faktura, kostariluvchi akkordli ohanglar, tantanavor sur’at or. 48 № 1 
dagi noktyurn mavzusini madhiya bilan yaqiniashtiradi.
Or. 55 № 1 noktyurn mavzusi uning go‘zal punktiri hamda to‘rt 
zarbliligi bilan birgalikda marsh belgilarini mujassamlashtiradi:
32 -Misol
Andante
Or. 15 № 3 noktyumida «kuylovchi» bir ovozli mavzu gitara jo'rligida 
maishiy romanslami xotiraga keltiradi:
33 -Misol
Noktyumlar 
taraqqiyotining 
zamirida 
lirik 
qobshiqlarga 
singdirilgan 
turli ruhiy qatlamlami siqib chiqaruvchi dramaturgik 
ziddiyat yotadi. Masalan, c-moll or. 48 № 1 noktyumida bastakorning 
o'ylab qo‘ygan niyatlari janr doiralari qamrovidan chiqib ketadi hamda 
rivojlantirilgan dramatik poema darajasiga o‘sib o‘tadi. Bu Shopen 
noktyurnlarining eng syujetlilisidir. U epik-dramatik tuzilishdagi katta 
koMamli va hayajonli-lirik mulohazalardan tuzilgan ko‘p planli asar 
sifatida 
shakllangan. 
Noktyumning 
birinchi 
qismida 
marsh
www.ziyouz.com kutubxonasi


qadamlarining ohanglari to‘rt zarbli harakatlar oMchovida eshitiladi. 
Kuyda motam musiqalari va dafn yurishlariga xos bo‘lgan uzuq-uzuq 
ritmik figuralarni payqash qiyin emas:
34 - Misol
Lento
garmoniyada uzoq muddat turib qolish xorallardagi obrazlaming buyuk 
tantanavorligi bilan bogManib ketadi:
35- Misol
Faollashtirilgan reprizada tarkib, uyg‘unlik, ohang to ‘lig‘icha birinchi 
qismdan olingan. Lekin aniq marshona ritm tezlashtirilgan temp, 
triol laming 
bezovta 
harakatchanligi, 
fakturalaming 
asabiy 
hayajonlanishi vositasida siqib chiqarilgan:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling