yetti yoshida pianinochi sifatida konsertlar berar, uchta operaning
muallifi ("Sevgi va m ayning kuchi”, "Soqov o ‘rmon q izi”, "Peter Shm ol
va uning q o‘shnilari") edi.
1804-yildan Veber opera teatrlari drijyori sifatida ishlaydi (B reslavl,
Karlsrue, Shtutgart, M angeym , Darmshtadt, Frankfurt, M yunxen,
Berlin). 1813-yildan
1816 yilgacha u Pragadagi opera teatriga
boshchilik qildi. Veber ijodiy takom ilida
1814-yil alohida bosqichni
tashkil etadi. Shu yili Germaniya N apoleon ustidan g ‘alabani bayram
qilayotgan edi. V ebem ing m illiy tuyg‘ulam ing k o ‘tarinkiligi muhitida
m illiy ozodlik kurashi g ‘oyalari bilan to‘lib toshgan qo‘shiqlari paydo
boMadi (T. Kerner sh e ’rlari asosida).
"Lira va qilich" to ‘plami,
shuningdek, Volbruk matniga yozilgan qahramonona - vatanparvarlik
ruhidagi
"Jang va g ‘alaba" (1815) kantatasi V ebem ing Germaniyada
shuhrat taratishiga omil b o‘ldi.
U 1817-yiIdan umrining oxirigacha Drezdendagi nemis musiqa
teatriga rahbarlik qiladi.
V ebem ing faoliyati
Germaniyada
T ilzit sulhidan (1 8 0 7 ) keyin
boshlangan m illiy ijtimoiy ko‘tarilish sharoitida amalga oshdi. Bular
Veber dunyoqarashini, ijodiy y o ‘nalishini belgilab, berdi, uning ilg ‘or
estetik qarashlarini shakllantirdi. Shu yillarda Veber tomonidan
yaratilgan ("Ryubetsal", 1805; "Silvana", 1810; "Abu Gasan", 1811)
operalarda kom pozitor uslubining yangi qirralari: xalq m aishiy hayoti
www.ziyouz.com kutubxonasi
va ertakona sujetlarga qiziqish,
m usiqiy folklor bilan aloqadorlik,
sharqona musiqiy kolorit v.b. muayyanlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |