milliy
manbalariga borib taqaladi. Shopen ijodidagi eng muhim qirra uning
www.ziyouz.com kutubxonasi
keng omma uchun tushunarli ekanligidadir. Uning musiqasi auditoriyaga
yo‘l topish uchun qiyinchilik sezgan emas. Shopenning musiqiy asarlari
noodatiy go‘zalligi hamda shaklining ixchamligi bilan birgalikda
tinglovchini hayajonga soladigan fikr va tuyg‘ulaming deqiyos qudrati
bilan ziynatlangan.
0
‘z salaflari hamda zamondoshlaridan farqli tarzda
Shopen deyarli faqat fortepiano uchun asarlar yozdi. Undan birorta ham
opera, simfoniya yoki uvyertyura qolgan emas. Vaholanki, uning
fortepiano musiqasi sohasida shunchalik ko‘p yorqin yangiliklar yaratib
ulgurgan
iste’dodiga shubha bo‘lmagan. Shopen uchun
fortepiano
musiqasi ham ijodiy laboratoriya, ham o‘zining eng a’lo darajadagi
yutuqlari namoyon bo‘lgan soha edi.
Shopen ijodida Vatan mavzusi bosh mavqeni tutadi. Uning butun
ijodida jonajon Polsha obrazi qizil ip bo‘lib o
4
tadi. Bular uning buyuk
o ‘tmishi, milliy adabiyot obrazlari, zamonaviy polyak maishiy hayoti,
milliy raqs va qo‘shiqlar ohangi edi.
Fridyerik
Shopen
1810-yil
1-martda
Polsha
poytaxti
Varshavadan unchalik uzoq bo‘lmagan Jelyazova Volya degan
joyda dunyoga keladi. Shopenning onasi polyak, otasi - fransuz
boMgan. Shopenning oilasi graf Skarbekning imeniyesida yashashgan.
Otasi bu xonadonda uy o‘qituvchisi vazifasida ishlagan. 0 ‘g ‘li
tugvilganidan keyin Nikolay Shopen Varshava litseyida (ovrta bilim
yurti) o ‘qituvchi bo‘ladi va butun oila poytaxtga ko‘chib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |