tolmasdi. Shopen singari majburiyat orqali xorijda, vatanidan uzoqda
yashayotgan Mitskevich ham vatan sog'inchi bilan yashar edi. Shopen
musiqalarigina bu ayriliq og‘riqlarini bir ozgina yengillashtirar, uni
o‘sha yoqqa, olis va jonajon Polsha tomonga eltar edi. Mitskevich
sharofati bilan, uning "Konrad Vallenroda"sidagi keskin dramatizm
tufayli uning birinchi balladasi paydo boMadi. Shopenning ikkinchi
balladasi ham Mitskevich poeziyasidagi obrazlar bilan aloqador.
Polyak do‘stlar Bilan uchrashuvlar Shopenga shuning uchun ham
qadrli ediki, uning o'z oilasi yo‘q edi. Uning boy polyak amal dorl ari dan
birining qizi Mariya Vodzinskoayaga uylanish umidlari yo‘qqa chiqadi.
Mariyaning ota-onalari qizlarining nomi olamga mashhur boMsa ham,
tirikchilik uchun mablag‘ni bazo‘r topadigan musiqachiga berishga
rozilik berishmaydi. Ko‘p yillar mobaynida u o 4z hayotini Jorj Sand
taxallusi bilan ijod qilgan mashhur fransuz adibasi Avrora Dyudevan
bilan bog‘ladi. 1838 yil kuzida Shopen Jorj Sand va uning bolalari
bilan
Mayorka oroliga sayohat qilishadi hamda uning asosiy shahri
Palmada to'xtashadi. Mayorkada Shopen yigirma to‘rt prelyudiyadan
iborat turkumni, F- dur ikkinchi balladasini, or.40 polonezlarini, cis -
moll uchinchi skyersosini yaratadi. Shopen va Jorj Sand bir muddat
Marselda to‘xtashadi, yozni esa
adibaning Noanadagi
imeniyesida
o‘tkazishadi. Noanada Shopen b-moll sonatasini tugatadi. Shopenning
ikkinchi b-moll sonatasi (Dafn marshi bilan) bastakorning ham, butun
polyak musiqasining, toMaligicha romantik san’atning oliy darajadagi
yutuqlari qatoriga kiradi. Y uzef Xominskiy sonataning dastlabki ikki
qismini tavsiflab shunday yozadi: "qahramonona kurashdan keyin Dafn
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |