C h e t e L m u s I q a t a r I x I


Shopen o‘n to‘rtta vals ham yaratgan


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/76
Sana20.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1788190
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)

Shopen o‘n to‘rtta vals ham yaratgan
ular mazmuni va ifoda 
vositalariga ko‘ra turli-tuman xarakterga ega. Ular orasida a - moll, op.
34 yoki f-moll, op. 69 ga o‘xshagan kuylovchi, chuqur nafasli ohanglari 
bilan xayolchanlari uchraydi; estradaviy - tezkor tipdagi xuddi Es - dur, 
op. 18 yoki As - dur op. 42. «katta yorqin vals»ga o ‘xshash samarali 
valslar bor. Cis - moll op. 64 valsi qayg‘uli-melanxolik obrazlaming 
nozik poeziyasini ochib beradi. Shopen tomonidan kun tartibiga 
qo‘yilgan valsona yo‘nalish poeziyasi bu janm ing rivojlanishi uchun 
chegarasiz imkoniyatlami ochib berdi, bu hoi keyinchalik List, Verdi, 
Chaykovskiy, Glazunov va Skryabinlar tomonidan har tomonlama ishlab 
chiqildi.
M illati polyak bo‘lgan Shopen uchun, XIX asrdagi polyak 
adabiyotida 
umumxalq vatanparvarona 
kayfiyatlar ifodachisi
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida rivojlangan ballada janri alohida aham iyat kasb etadi. Bu
janrda o‘zini ayniqsa, polyak shoiri, romantik Adam Mitskevich 
ko‘rsatgan edi. Shopen va Mitskevichning umumiy tomonlari juda ko‘p: 
g'oyaviy motivlar, obrazlilik xarakteri, milliy kolorit va boshqalar.
Musiqa san’atida ballada dastlab Shubertning vokal asari « 0 ‘rmon 
qiroli»da o‘zining klassik ifodasini topdi. Shopen Yangi janr - cho!g‘u 
asboblari bilan ijro etiladigan ballada janrining ijodkori boidi. Keyinroq 
bu janrda List, Brams, Grig va boshqa bastakorlar asarlar yaratishgan.
Shopen 
balladalarda 
xilma-xil 
shakllarga 
tegishli 
bo igan
xususiyatlar va ularga xos boigan rivojlanish tamoyillari (sonata shakli 
va sonata turkumi, rondo, uch qismli shakl, variatsiyalar) ni erkin va 
tabiiy ravishda birlashtiradi. Shakl hosil qilishdagi turli tamoyillaming 
birlashishi yangi 
shakllarni - o‘zida sonatalik va variatsiyalilik, 
turkumllilik va rondosifatlilik alomatlarini mujassamlashtirgan sintetik 
bir qismli shakllarni yuzaga keltiradi. Bunday shakl romantik 
musiqadagi 
«poemaviy» janrlar: ballada, fantaziya, simfonik 
poemalami tavsiflaydi, ular XIX asr musiqasida juda keng yoyilgan edi.
Shopen yaratgan to‘rtta balladaning har birini qaysidir bir poetik asar 
bilan boglashga intilishlar mavjud boigan. Shunday taxminlar borki, 
ularga ko‘ra Birinchi ballada 
(g-moll or. 23) (1831-1835) 
Adam 
Mitskevichning «Konrad Valenrod» sujeti bilan boglanadi, ikkinchi 
ballada (F - dur - a - moll op. 38) (1836-1839) - Mitskevichning 
«Svityazyankalar» sujeti bilan, uchinchi ballada (As - dur op.47) (1840 - 
1841) Geynening «Loreleya»si bilan boglanadi.

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling