C h e t e L m u s I q a t a r I x I
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shopenning har o ‘n ikki noktyurnlari
Shopen noktyurnlarida
lirik boshlanma markazlashgan bo'lib, u yangi romantik estetika uchun tipik hisoblanardi. Ko'pgina noktyumlar 30 40 -yillaming boshlari davrida yaratilgan. Noktyum - romantik musiqaning o'ziga xos janri bo'lib, lirik miniatyura ko'rinishlaridan hisoblanadi. U original mavzulari bilan ajraiib turadi. «Noktyum» so‘zi «tungi» m a’nosini anglatadi. Noktyurn musiqiy janrining yaratilishidagi birinchilik Rossiyada yashagan ingliz bastakori Djon Fildga tegishlidir. Ushbu mashhur bastakor, pianinochi va pedagog fortepiano musiqasida alohida yo'nalish ijodkori bo'lgan. Djon Fild ushbu romantik lirik miniatyuralaming asosiy qirralarini ko'rsatib bergan edi. Shopen Fild noktyumlarini qayta yaratdi, o'z asarlariga lirik tuyg'ular, tragik pafos, nozik elegiyaviylik va melanxoliyanini katta kuchini singdirdi. Shopenning har o ‘n ikki noktyurnlari ilk Fild noktyurn lari ga yaqin bo'lgan e-moll or. 72 (1827) dan boshlab to noktyumning janr imkoniyatlari doirasidan chiqib ketadigan mahobatli c-moll noktyumigacha umumiy uslubiy qirralami birlashtirib turadi. Shopen noktyurnlari qo'shiq ohanglariga yaqin bo'lgan kantilena, keng mavzularga tayanadi. Kantilen ohanglari akkordli - figuratsion fonda ko'rsatilgan, ular birinchi tovushlaridanoq tinglovchini xayoliy romantik muhitga olib kiradi. Shopen noktyurnlarida janrlarga oid aloqalar ochiq ko'rinadi. Ularning ko'plarida xoral, marsh, serenada, duet, qo'shiq va boshqa janrlaming belgilari sezilarlidir. Zero, garmonik www.ziyouz.com kutubxonasi faktura, kostariluvchi akkordli ohanglar, tantanavor sur’at or. 48 № 1 dagi noktyurn mavzusini madhiya bilan yaqiniashtiradi. Or. 55 № 1 noktyurn mavzusi uning go‘zal punktiri hamda to‘rt zarbliligi bilan birgalikda marsh belgilarini mujassamlashtiradi: 32 -Misol Andante Or. 15 № 3 noktyumida «kuylovchi» bir ovozli mavzu gitara jo'rligida maishiy romanslami xotiraga keltiradi: 33 -Misol Noktyumlar taraqqiyotining zamirida lirik qobshiqlarga singdirilgan turli ruhiy qatlamlami siqib chiqaruvchi dramaturgik ziddiyat yotadi. Masalan, c-moll or. 48 № 1 noktyumida bastakorning o'ylab qo‘ygan niyatlari janr doiralari qamrovidan chiqib ketadi hamda rivojlantirilgan dramatik poema darajasiga o‘sib o‘tadi. Bu Shopen noktyurnlarining eng syujetlilisidir. U epik-dramatik tuzilishdagi katta koMamli va hayajonli-lirik mulohazalardan tuzilgan ko‘p planli asar sifatida shakllangan. Noktyumning birinchi qismida marsh www.ziyouz.com kutubxonasi qadamlarining ohanglari to‘rt zarbli harakatlar oMchovida eshitiladi. Kuyda motam musiqalari va dafn yurishlariga xos bo‘lgan uzuq-uzuq ritmik figuralarni payqash qiyin emas: 34 - Misol Lento garmoniyada uzoq muddat turib qolish xorallardagi obrazlaming buyuk tantanavorligi bilan bogManib ketadi: 35- Misol Faollashtirilgan reprizada tarkib, uyg‘unlik, ohang to ‘lig‘icha birinchi qismdan olingan. Lekin aniq marshona ritm tezlashtirilgan temp, triol laming bezovta harakatchanligi, fakturalaming asabiy hayajonlanishi vositasida siqib chiqarilgan: www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling