C h e t e L m u s I q a t a r I x I
Listning Venadagi debyuti 1822 yil 1 dekabrda bo4ib
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)
Listning Venadagi debyuti 1822 yil 1 dekabrda bo4ib
o4di. Tanqidchilar hayratda qolishdi va shundan e’tiboran List uchun shuhrat va to'la zallar ta’minlandi. U mashhur noshir A. Diabellidan uning о zi tomonidan o'ylab topilgan vals mavzusiga variatsiyalar yozish takhtini oladi; shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iitimos bilan murojaat qilgan buyuk Betxoven va Shubert davrasiga qo's’nilib qoldi. Shunga qaramay List (xorijlik sifatida) Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va u o‘z ta’limini xususiy shaklda davom ettirishga majbur bo'lgan. List musiqa nazariyasi bo'yicha Parijda italyan operasi kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan xususiy dars oldi. Lstning birinchi bastakorlik tajribalaridan biri 1825 yil Grand Operada qo'yilgan «Don Sancho yoki muhabbat qasri» operasi bo'ldi. Bu vaqtda u konsertlar bilan Fransiya va Angliyaga bir qator safarlami amalga oshirdi. Otasining o'limidan so'ng (1827) List dars bera boshladi. O'sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F. Shopen bilan tanishdi. Ulaming san’ati Listga katta ta’sir ko'rsatdi: u -p j^Berliozning partiturasidagi milliy-mahalliy boylikni «fortepiano tiliga K o'girish» hamda Shopenning mayin lirizmini o'zining jo'shqin temperamenti bilan qo'shib olib borishni uddalay olardi. List Shopenga bag'ishlangan, ko'plab nozik va aniq tavsiflar va kuzatishlarga ega kitob i t.» • yozadi. ■ 1830-yillar boshida italiyalik skripach-virtuoz M. Paganini Listning eng yaxshi ko'rgan san’atkorriga aylandi; List o’sha darajada ajoyib www.ziyouz.com kutubxonasi fortepiano uslubini yaratishni maqsad qilib oldi va hatto Paganining konsert estradasida o'zini tutishidagi ayrim xususiyatlariga taqlid qilardi. Endi List pianist-virtuoz sifatida deyarli raqobatchiga ega emasdi. List hissiyotli va jozibali odam bo‘lgan, u chiroyli edi va uning har bir konserti haqiqiy tomoshaga aylanardi. List butun Yevropaning idealiga aylandi va konsert safarlariga uch yil davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»lar hamrohlik qildi. 1834 yil List grafmya Mari d'Agu (keyinchalik Daniel Stem taxallusi bilan yozuvchi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi. Ularning turmushida uch farzand - o;g‘il va ikki qiz tug‘ildi. Ulaming kichigi Kozima buyuk pianist va dirijyor G. fon Byulovga turmushga chiqqan, keyin esa R. Vagneming rafiqasi boMgan. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling