C# Kortejlar C# kartejlarni e’lon qilish


C# tilida abstrakt sinflarni yaratish va ularni ishlatish


Download 260.19 Kb.
bet23/28
Sana18.06.2023
Hajmi260.19 Kb.
#1574109
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
dasturlash tyorya 8 shrift

32. C# tilida abstrakt sinflarni yaratish va ularni ishlatish.
Abstraktsiya obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP) tillarining asosiy tushunchalaridan biridir. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchidan keraksiz ma'lumotlarni yashirish orqali murakkablikni boshqarishdir. Bu foydalanuvchiga barcha yashirin murakkablikni tushunmasdan, undan foydalanishga imkon yaratadi. Abstraktsiya faqatgina dasturlashga taaluqli bo'lgan tushuncha emas, uni real hayotimizda ham ko'p javhalarda kuzatishimiz mumkin. Keling bo'lmasa, abstraktsiya tushunchasini, kundalik hayotimizda uchrab turadigan bankomatlardan pul yechish mavzusiga bog'lab ko'ramiz.Abstraktsiya va bankomatdan pul olish Tasavvur qiling siz talabasiz va bugun sizning bank kartangizga stipendiya tushdi. O'zingizni - o'zingiz mehmon qilish maqsadida, kartadagi mablag'ni naqd ko'rinishga keltirish uchun bankomatga tashrif buyurdingiz. Bankomatdan o'zingizga kerakli bo'lgan summani belgilab, uni naqd ko'rinishida qabul qilib oldingiz. Ushbu jarayonda siz bilishingiz kerak bo'lgan ish bu - bankomat aparatiga kartani solib, yechilgan pulni qabul qilish. Sizga bankomat aparati o'zi qanday ishlaydi va pulni naqdlash jarayoni qanday bo'ladi - bu ahamiyatsiz. Kimdir bundan xavotirlanib, bankomat aparatini yaratdi, endi u abstrakt vazifasini bajaradi va sizga taaluqli bo'lmagan tafsilotlarni yashiradi. Siz shunchaki ichki dastur haqida hech qanday bilim talab qilmaydigan oddiy interfeys bilan o'zaro aloqada bo'lasiz. Dasturlashda ham shu kabi tushunchalar o'rinli. Endigi navbatda C# dasturlash tilidan foydalanib mavzuni yanayam mustahkamlaymiz. C# dasturlash tilida abstraktsiya
Abstraktsiya tushunchasi asosan sinf va metodlar uchun foydalaniladi va abstract kalit so'zi yordamida quriladi. Abstrakt sinf- bu sodda qilib aytganda cheklangan sinf. Ya'ni undan obyekt olish taqiqlangan. Unga kirish uchun, undan voris sinf olish lozim. Abstrakt metod - bu tanasi mavjud bo'lmagan, hamda faqatgina abstrakt sinfda ishlovchi metod hisoblanadi. Uni tanasi esa, voris sinfda taqdim etiladi. Ota sinfda joylashgan abstrakt metoddan foydalanish avvalida override kalit so'zini yozib qo'yish talab etiladi.Sinfni abstrakt ko'rinishga keltirish, uning ichida faqatgina abstrakt metodlari bo'lishi kerakligini anglatmaydi. Sinfda oddiy metodlardan ham foydalanish mumkin.



Download 260.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling