C. Mehr-shafqat


Download 24.62 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi24.62 Kb.
#1214520
Bog'liq
1-9-mavzular test


MUALLIF: SHOHRUHBEK ABDULLAYEV 94 100 49 94 @Tarix_kanaliuz



1. Qanday xulq-atvor to’g’riligi va qaysilari noto’g’riligini belgilab beruvchi qoidalar to’plamiga nima deyiladi?
A. Intizom
B. Ahloq
C. Mehr-shafqat
D. Taraqqiyot
2. Kimki ezgulik qilsa, yaxshilikdir uning mevasi,
Kimki yovuzlik qilsa, yomonlikdir uning mevasi. Misralar muallifi kim?
A. Sa’diy Sheroziy
B. Umar Hayyom
C. Alisher Navoiy
D. Jaloliddin Rumiy
3. Insoniyat amal qilishi lozim bo’lgan “Oltin qoida”ni ko’rsating?
A. Faqat o’z manfaatingni o’ylab ish qil
B. O’zinga qanday munosabatda bo’lishlarini hohlasang, o’zgalar bilan ham shunday munosabatda bo’l
C. Maqsading yo’lida o’zgalardan doimiy yordam so’rashga odatlanib yasha
D. Barcha javoblar to’g’ri
4. Maktabda qanday “Oltin qoida”larga amal qilish lozim?
A. Sinfdoshlarning orqasidan yomon gap gapirmaslik
B. Gapirayotgan gapni salom bilan boshlab, minnatdorchilik bilan tugatish
C. Kimgadir yordam kerak bo’lsa, albatta yordam berish
D. Barcha javoblar to’g’ri
5. Ezgulikka intilib yashash insonda qanday hissiyotlarni uyg’otadi?
A. Insonning o’sishi, rivojlanishi, yuksalishiga sabab bo’ladi
B. Sevgi, do’stlik, sadoqat tuyg’ularini uyg’otadi
C. Minnatdorlik, hurmat kabi oliy hissiyotlarni uyg’otadi
D. Barcha javoblar to’g’ri
6. Agar insonda qaysi xususiyat bo’lmasa, qolgan barcha fazilatlari, yutuqlari bekor bo’ladi?
A. Quvnoqlik
B. Rostgo’ylik
C. Odamiylik
D. Talabchanlik
7. Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi doimiy kurash qaysi qadimiy manbadan to’la aks ettirilgan?
A. “Hamsa”da
B. “Qobusnoma”da
C. “Avesto”da
D. “Temur tuzuklari”da
8. Samimiylik hislatining o’ziga xos belgilarini ko’rsating?
A. Atrofdagilarga ismini aytib yoki hurmat bilan murojaat qilish
B. Hammani birdek hurmat qilish
C. Hushmuomala va rostgo’y bo’lish
D. Barcha javoblar to’g’ri
9. Salbiy illatlar berilgan qatorni toping?
A. Dangasalik, yolg’onchilik, g’azab
B. Shafqatsizlik, o’zini tuta olmaslik, hiylagarlik
C. Mehribonlik, kamtarlik, rostgo’ylik
D. A va B javoblar to’g’ri
10. Yomon illatlar yovuzlikka yetaklaydi. Ulardan qutilish uchun nimalarga rioya qilish kerak?
A. Atrofdagilar bilan qo’pol gaplashmaslik kerak
B. Insonlarga doim tabassum bilan murojaat qilish kerak
C. Kimgadir yordam kerak bo’lsa, qo’ldan kelgancha beg’araz yordam berish kerak
D. Barcha javoblar to’g’ri
11. Insonlar o’rtasidagi do’stlik va birdamlik poydevori – bu …… hisoblanadi. Nuqtalar o’rniga mos javobni qo’ying.
A. Rostgo’ylik
B. Mehnatsevarlik
C. Qobiliyat
D. Quvnoqlik
12. “Hattoki yolg’iz o’zing bo’lsang ham, yomon gapirma va yomon ish qilma. Boshqalarga nisbatan ko’proq o’zingdan uyalishni o’rgan”. Ushbu fikr qaysi mashhur faylasufga tegishli?
A. Demokrit
B. Platon
C. Suqrot
D. Aristotel
13. “Rostgo’ylik” tushunchasi qaysi tushuncha bilan yonma-yon yuradi?
A. Mehribonlik
B. Intiluvchanlik
C. Vijdon
D. Mehnatsevarlik
14. Inson qalbining qalqoni bo’lib, noto’g’ri harakat qilmoqchi bo’lganida uni axloqiy tartib-qoidaga chaqiruvchi ichki ovozga nima deyiladi?
A. Muhabbat
B. E’tiborlilik
C. Vijdon
D. Jasorat
15. Vijdon azobi haqida hikoya qiluvchi “Telegramma” asarining muallifi kim?
A. Irena Sendler
B. Agata Kristi
C. K.G.Paustovskiy
D. A.S.Pushkin
16. Boshqa insonlarni tushunish, ularning kayfiyatini sezish, hissiyotlarini hurmat qilish qaysi xislatga xos belgilar hisoblanadi?
A. MehribonlikB. Sezgirlik
C. Mardlik
D. Qat’iyatlilik
17. Qanday hollarda kishi vijdoni qiynaladi?
A. Notog’ri va nojo’ya harakat qilganda
B. Yolg’on gapirganda
C. Kimgadir foydasi tekkanda
D. A va B javoblar to’g’ri
18. Qanday inson o’z xato va kamchiliklarini tan oladi?
A. Mehnatsevar inson
B. Quvnoq inson
C. Haqiqatgo’y inson
D. Bolajon inson
19. Axloq me’yorlari noto’g’ri berilgan qatorni toping?
A. Rostgo’ylik, to’g’riso’zlik
B. Samimiylik, e’tibor
C. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat
D. Manmanlik, yolg’onchilik.
20. Inson tomonidan bajarilishi shart bo’lgan axloqiy , huquqiy vazifalarga nima deyiladi?
A. Huquq
B. Burch
C. Topshiriq
D. Uyga vazifa
21. Huquqiy munosabatlar kim tomonidan tartibga solinadi?
A. Prezident tomonidan
B. Davlat tomonidan
C. Oliy Majlis tomonidan
D. Fuqarolar tomonidan
22. Qanday qoidalarga hech qayerda qat’iy yozilmagan bo’lsa ham, ularga insonlar rioya qiladilar?
A. Huquqiy qoidalar
B. Axloqiy va ma’naviy qoidalar
C. Siyosiy va iqtisodiy qoidalar
D. Barcha javoblar to’g’ri
23. Insonlarning xatti-harakatlarini ezgulik va yovuzlik, yaxshi yoki yomon oqibatlarga olib kelishi nuqtayi nazaridan baholash va shunga qarab jazolash yoki mukofotlashga nima deyiladi?
A. Rostgo’ylik
B. Saxiylik
C. Vijdon
D. Adolat
24. Axloqiy nuqtayi nazaridan adolatga xos sifatlarni aniqlang?
A. Ezgulik uchun ezgulik bilan javob berish
B. Nohaq hafa qilganlik uchun kechirim so’rash
C. Minnatdorchilik bildira olsh
D. Barcha javoblar to’g’ri
25. Adolatli qaror qabul qilishda quyidagi xislatlarning qaysi biri yordam beradi?
A. Qonunlarni va jamiyatdagi axloqiy qoidalarni bilish
B. Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi farqni bilish
C. Yolg’on va adolatsizlikka murosasiz bo’lish
D. Barcha javoblar to’g’ri
26. “Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”. Ushbu fikr kimga tegishli?
A. Amir Temur
B. Z.M.Bobur
C. Shayboniyxon
D. Abu Nasr Forobiy
27. Qonun va adolat uchun kurashadigan insonlar bugungi kunning qahramoni bo’lishi kerak. Ushbu fikr kimga tegishli?
A. Shavkat Mirziyoyev
B. Islom Karimov
C. Amir Temur
D. Jaloliddin Manguberdi
28. Qadimgi Yunon mifolofiyasida adolat, haqqoniylik, qonun va tartib-intizom ramzi hisoblangan ma’buda qanday nomlangan?
A. Mitra
B. Zevs
C. Femida
D. Axuramazda
29. Femidaning asosiy atributlari nimalar hisoblanadi?
A. Tarozi
B. Qilich
C. Ko’zidagi bog’ich
D. Barcha javoblar to’g’ri
30. Prezident Shavkat Mirziyoyev qanday insonlarni bugungi kunning qahramonlari bo’lishi kerakligini ta’kidlagan edi?
A. Mehnatsevar insonlarni
B. Qonun va adolat uchun kurashadigan insonlarni
C. Sahiy va qo’li ochiq homiy insonlarni
D. Harbiy xizmatchilarni
31. Ko’rsatilgan yaxshilik uchun chin qalbdan qoniqish, rozi bo’lish va rahmat aytishga nima deyiladi?
A. Quvonch
B. Ehtiyoj
C. Minnatdorchilik
D. Shukronalik
32. Biror kishiga minnatdorchilik bildirish nimani anglatadi?
A. Uning siz uchun qilgan ishini qadrlaganiningizni bildiradi
B. Shunchaki do’stona munosabatni yaxshilaydi xolos
C. Yana yordam so’ramoqchiligingizni anglatadi
D. Barcha javoblar to’g’ri
33. Agar daraxt senga o’z soyasi, mevalari va gullarini taqdim etsa, nahotki, minnatdorchilik evaziga uni yerdan yulqib olib, o’zing bilan olib ketishni xohlasang? Ushbu fikr kimga tegishli?
A. Indira Gandi
B. Vasishitxa
C. Mikelanjelo
D. Gyote
34. Minnatdorchilik izhor qilish uchun qaysi so’z eng qulay so’z hisoblanadi?
A. Sizdan roziman
B. Rahmat!
C. Minnatdorman
D. Tashakkur
35. Vasishitxa qaysi xalq donishmandi hisoblanadi?
A. Arab
B. Yunon
C. Hind
D. Pokiston
36. Doimo nimadandir hafa, norozi, ranjigan insonlar qanday insonlar toifasiga kiradilar?
A. Beparvo insonlar
B. Noshukur insonlar
C. Rostgo’y insonlar
D. Barcha javoblar to’g’ri
37. “Bolaligimda futbol o’ynash uchun oyoq kiyimim (kedam) yo’qligi uchun yig;lardim, kunlarning birida men oyoqlari yo’q insonni ko’rib qoldim”, deb aytgan mashhur shaxs kim?
A. Zayniddin Zidan
B. Ravshan Ermatov
C. Lionel Messi
D. Krishtianu Ronaldu
38. Qanday odamlar minnatdor odamlar deyiladi?
A. Atrofidagilarni hurmat qiladigan
B. Bo’layotgan voqealardan o’ziga to’g’ri xulosa chiqadigan
C. Atrofidagi voqelarga beparvo bo’ladigan
D. A va B javoblar to’g’ri
39. Minnatdorchilik qanday so’zlar yordamida izhor qilinishi mumkin?
A. Rahmat, tashakkur!
B. Sizga o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!
C. Yordamiz kerak bo’lsa yana murojaat qilaman.
D. A va B javoblar to’g’ri.
40. Agar inson kimgadir yordam bersa, dilida qanday tug’ularni his qiladi?
A. Quvonch
B. Baxt
C. G’urur
D. Barcha javoblar to’g’ri.
41. Bizga nohaq zarar yetkazilgan (baqirishgan, turtishgan, haqorat qilishgan va boshqa vaziyatlar)da his etiladigan tuyg’u qanday tuyg’u hisoblanadi?
A. Xafagarchilik
B. Qo’rqoqlik
C. Irodasizlik
D. Mehribonlik
42. Uzoq saqlangan xafagarchilik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
A. Insonni g’azablantiradi
B. Uni yaqinlaridan mahrum qiladi
C. Kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi
D. Barcha javoblar to’g’ri
43. Qanday tuyg’u qalb jarohati bo’lib, insonlar orasidagi kayfiyat va munosabatlarni buzadi?
A. Ishonchsizlik
B. Xafagarchilik
C. Ikkilanish
D. Qat’iyatsizlik
44. G’azab va nafratga qarshi eng yaxshi davo nima hisoblanadi?
A. Yolg’iz qolish
B. Atrofdagilarga loqayd bo’lish
C. Kechirimli bo’lish
D. Barcha javoblar to’g’ri
45. Xafagarchilikni yengish uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?
A. Hamma hham xato qilishi mumkinligini anglash kerak
B. Aybingizni tan olishni o’rganish kerak
C. Agar siz kechirimli bo’lsangiz sizni ham kechirishlarini tushunishingiz kerak
D. Barcha javoblar to’g’ri
46. Qanday inson xafagarchilikni tezda yengishda o’zida kuch topa oladi?
A. Samimiy iinson
B. Hayotni sevuvchi inson
C. Yaqinlariga bee’tibor bo’lmagan inson
D. Barcha javoblar to’g’ri
47. Xafagarchilikning oldi olinmasa u qanday salbiy illatlarni paydo qilishi mumkin?
A. G’azabni
B. Doimiy alamzadalikni
C. Tushkunlik va yolg’izlikni
D. Barcha javoblar to’g’ri
48. Kechira oladigan va kechirim so’rashga qodir bo’lgan insonda bo’lishi shart bo’lgan xislatlarni aniqlang?
A. Rahm-shafqat va sabr-toqat
B. O’zgalarga hurmat
C. Halollik va samimiylik
D. Barcha javoblar to’g’ri
49. Kechirimli bo’lish va kimnidir kechira olish nimalarga davo hisoblanadi?
A. G’azabga
B. Nafratga
C. Muhabbatga
D. A va B javoblar to’g’ri
50. Uzoq saqlangan xafagarchilik inson salomatligiga qanday tasir qiladi?
A. Asab tizimiga salbiy tasir qiladi
B. Stress holatini keltirib chiqarishi mumkin
C. Immun tizimiga zarar yetkazadi
D. Barcha javoblar to’g’ri
51. Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish, o’zini tiyishga nima deyiladi?
A. Qunt
B. Sabr
C. Mas’uliyat
D. Iste’dod
52. Sabr so’zining ma’nodosh so’zlari berilgan qatorni toping?
A. Ilm, bilim, ma’rifat
B. Odob, axloq, xulq
C. Chidam, bardosh, iroda
D. Barcha javoblar to’g’ri
53. Maqolni davom ettiring: “Sabr tagi - ……”.
A. Sara oltin
B. Yog’li osh
C. Oltin kalit
D. Rohat-farog’atli vaqt
54. Sabrlilik xislati insonga nimalarni o’rgatadi?
A. Hech qachon taslim bo’lmaslikni
B. Maqsad sari ildam borishni
C. O’zgalar yordamiga muhtoj bo’lishni
D. A va B javoblar to’g’ri
55. Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol,
Yaproqni ipak qilur, chechak bargini bol. Ushbu misralar muallifi kim?
A. Alisher Navoiy
B. Z.M.Bobur
C. Iqbol Mirzo
D. Sa’diy Sheroziy
56. Sabrlilik xislati qaysi xislat bilan yonma-yon yuradi?
A. Bilimdonlik
B. Jasorat
C. Mehnatsevarlik
D. Tartiblilik
57. Maqolni davom ettiring: “Asl boylik - ……”.
A. Harakat
B. Qanoat
C. Mas’uliyat
D. Oltin-u kumush
58. Sabr aylagan kishi yetar oxir murodiga, Shoshqaloq yetolmas ishning adog’iga.
Misralar muallifini aniqlang.
A. Alisher Navoiy
B. Z.M.Bobur
C. Sa’diy Sheroziy
D. J. Rumiy
59. Sabr-toqat va mehnat natijasi ko’rsatilgan qatorni toping? A. Inson o’z oldiga qo’ygan maqsadiga albatta yetadi
B. Uchragan to’siq va qiyinchiliklardan qo’rqmaydi, aksincha ulardan to’g’ri xulosa chiqaradi
C. Maqsadga yetish yo’lidagi ilk omadsizliklarga taslim bo’ladi, kurashishdan tezda charchab qoladi
D. A va B javoblar to’g’ri
60. Maqolni davom ettiring: “Bardoshliga ……”.
A. Qimmatbaho boylik
B. Yog’li osh
C. Bir sandiq olmos
D. Aqlli bosh
Download 24.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling