C++ tilida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish
Download 49.48 Kb.
|
Tarmoqlanuvchi algoritm; Tarmoqlanuvchi operatorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqlanuvchi operatorlar
Tarmoqlanuvchi algoritm
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Ko‘pgina masalalarni yechishda ba’zi bir jarayonlar ma’lum shart yoki shartlarning qo‘yilishiga nisbatan bajariladi. Bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi jarayonlar deb yuritiladi va bu jarayonlarning algoritmik tavsiflari bilan avvalgi boblarda tanishgan edik. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Bu esa jarayondagi tarmoqlar soniga bogʻliq. Ma’lum bir tarmoqlanuvchi jarayon tarkibida yana tarmoqlanishlar bo‘lishi mumkin. Bunday tarmoqlanishlari bor bo‘lgan hisoblash jarayonlari murakkab tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari deb ataladi. C++ tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun shartsiz, shartli o‘tish va tanlash operatorlaridan foydalaniladi: Shunday hisoblash jarayonlari ham bo‘ladiki, unda qo‘yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga ko‘ra jarayonlar bir necha tarmoqqa bo‘linadi hamda ulardan hech bo‘lmaganda bittasi bajariladi. Bunday jarayonlar bajarilishi uchun tarmoqlanuvchi algoritmlar tuziladi. Agar hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi struktura, odatda, qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o‘z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko‘ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi. Tarmoqlanuvchi tuzilish shart tekshirish natijasiga (ha yoki yo‘q) qarab ikki yo‘ldan birini tanlash imkoniyatini beradi, ya’ni ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi Tarmoqlanuvchi operatorlarOldingi mavzularda misol tariqasida keltirilgan dasturlarda operatorlar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajarilgan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan–kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar esa yuzaga keladigan turli holatlarga bogʻliq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. C++ tilida dasturning alohida bo‘laklarini bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra dasturning u yoki bo‘lagiga boshqaruvni uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun tarmoqlanuvchi operatorlardan foydalaniladi. Download 49.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling