“Humans”
mobil
ilovasida
C2C
o‘tkazmalarini (card to card – kartadan
kartaga)
amalga
oshirish
uchun
foydalanuvchi komissiyasini kamaytirish”
Aksiyasi qoidalari
(yangi tahrirda).
25 noyabr 2022
Humans mobil ilovasida “C2C o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun foydalanuvchi
komissiyasini kamaytirish” - bu“Maroqand” MChJ (manzil: Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek
tumani, Navnihol ko‘chasi, 86-uy, STIR 305465762 (UPAY) va“Humans” mas’uliyati cheklangan
jamiyati (manzil: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mahtumquli ko‘chasi, 2B-uy,
STIR 306624856 (Humans)ning Humans sodiqlilik dasturi doirasidagi qo‘shma aksiyasidir
.
1. Aksiya to‘g‘risida ma'lumot
1.1.
Ushbu Qoidalarning matnida bosh harf bilan ishlatilgan so‘zlar atamalar hisoblanadi.
Atamalarning ma'nosi https://terms.upay.uz/oferta/ veb-saytida joylashtirilgan UPAY to‘lov
xizmatining Ommaviy ofertasida,
Humans
sodiqlik dasturi qoidalarida, www.humans.uz
veb-saytida joylashtirilgan “Humans mahsulot va xizmatlari vitrinasi”dan foydalanish
qoidalarida
keltirilgan, agar
ushbu Qoidalarda boshqalar nazarda tutilgan bo‘lmasa.
1.2.
Aksiya Ishtirokchilari – “Humans mahsulot va xizmatlari vitrinasi” xizmatining
foydalanuvchilari bo‘lgan, Humans mobil ilovasiga bank kartasini ulagan va Qoidalarning
2-bo‘limida keltirilgan harakatlarni amalga oshirgan jismoniy shaxslar.
1.3. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.
1.4. Yangi tahrirdagi Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 25.11.2022 dan cheksiz muddatgacha.
1.5.
C2C o‘tkazmasi - Aksiyasi qoidalarining maqsadi Aksiya Ishtirokchisi tomonidan
boshqa jismoniy shaxsga pul mablag‘larini o‘tkazish hisoblanadi.