CamScanner 25-08-2022 11. 53
Download 59.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqОммалаштириш
O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish Tartibiga 3-1LOVAO'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy mctodikalarini maktab miqyosida o'rganib chiqish bo'yicha Metod birlashma bayoni namunasi
Qatnashdilar: D.Qiyomova — metod birlashma raisi Qatnashdi: Metod birlashmaning 8 nafar a'zolari KUN TARTIBI 1. Fizika fani o'qituvchisi Omonova Shahlo Olimovnaning ilg'or ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish to'g'risida ESHITILDI: Yig'ilishni Tabiiy fanlar metodbirlashma raisi ochib berdi. Qiyomova Dilnoza so'zi: o'qituvchi kasbi qanchalik sharafli bo'lsa, shunchalik mashaqqatli hamdir. Yosh avlodni tarbiyalashda, bilim berishda tajribali, ijodkor bunday o'qituvchilarning mehnatini qadrlash kerak deb o’ylayman.Fizika fani o’qituvchisi Omonova Shahloning “elektroskop ,elektrometr,o’tkazgich va dielektriklar” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi turli xil zamonaviy pet texnalogiyalar asosida mukammal yoritilgan.Biz darsni o’tish jarayonini ham kuzatdik.Bu darsni 5-maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etaman. Abbosova Fazilat so'zi: bu o'qituvchilarning ishlari bilan to'liq tanishib chiqdim. Jumladan,fizika fani o'qituvchisi Omonova Shahlo tajribasida fizikaga qiziqmagan o'quvchiga "Maktub o’yini metodi” bilan murojaat qilsa, qiziqqan o'quvchiga "Tajribani tushuntirib ber” kabi metodlarini kuzatish mumkin. Bir soatlik darsda berilgan ta'lim o'quvchining hayotida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. So'z maktabining fizika fani o'qituvchisi Omonovaga berildi. Omonova Shahlo so'zi: maktabda tajribamdan kelib qator tavsiya, qo'llanma yaratdim. Hujjatlar, konferensiya maqollari va ijodiy ishlarimdan fotolavhalar ham keltirilgan. Bugungi kunda, mavzular asosida ko'rgazmalar tayyorlayman, bu o'quvchilarga aytgandan ko'ra ko'rgazma orqali tushuntirish samarali bo'ladi. Yig'ilishda metodbirlashma raisi va a'zolari tomonidan bildirilgan fikrlar e'tiborga Olib tajribali o'qituvchining ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish bo'yicha Pedagogika kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma'qullandi. "Qarshilar”- yo'q, "Betaraflar”- yo'q. Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida metodbirlashma yig'ilishi QAROR QILADI: I . O'qituvchilaming ilg'or ish tajribalari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2.Fizika fani o'qituvchisining Omonova Shahloning ilg’or ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish yuzasidan Pedagogika kengashida ko'rib chiqish va muhokama qilish uchun kiritilsin. 3. Qaror ijrosini ta'minlash metod birlashma raisi Qiyomova Dilnoza zimmasiga yuklatilsin. Tabiiy fanlar metodbirlashma raisi Qiyomova Dilnoza Kotiba: Baratova Xushnoza O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish Tartibiga Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling