Ко‘chirma


Download 35.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1594522
Bog'liq
Metod birlashma Bayoni


Gurlan tuman xalq ta’limi bo'limi 40-sonli maktabining
Ijtimoiy fanlar metod birlashmasi 2-sonli yig‘ilishining
Bayonnomasidan


КО‘CHIRMA
2022-yil 1-noyabr Oqqum mahalla
Qatnashdilar: S.Qodirova-metod birlashma raisi,metod birlashmaning 6 nafar a’zolari
Qatnashmadi:yo‘q
KUN TARTIBI :
1. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Qodirova Saida, Sultanova Rayxon, Yuldasheva Marhaboning ilg‘or ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish to‘g‘risida.


ESHITILDI:
Yig‘ilishni S.Qodirova – metod birlashma raisi ochib berdi.
S.Qodirova so‘zi: o‘qituvchi kasbi qanchalik sharafli bo‘lsa, shunchalik
mashaqqatli hamdir. Yosh avlodni tarbiyalashda bugunni kunda ona tili va adabiyotning o’rni beqiyosdir, shu bilan birga Prezidentimiz 5 tashabbusida ham keltirganidek, aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishni oshirish hamda adabiyot va san`atga qiziqtirish, bilim berishda tajribali va ijodkor o‘qituvchilaming mehnatini qadrlash kerak deb o‘ylayman.
A.Tajiye so’z olib, bu o‘qituvchining ishlari bilan to‘liq tanishib
chiqdi. Jumladan, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi R.Sultanova tajribasida ona tili va adabiyot faniga qiziqmagan o‘quvchi bo‘lmadi , qiziqqan o‘quvchilar esa tinimsiz ishlashini kuzatish mumkin. Bir soatlik darsda berilgan ta’lim o‘quvchining hayotida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Huquqshunoslik fani o’qituvchisi Urozboyeva Shohida nutq so’zladi. U ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Qodirova Saidaning 8-“A” sinfda o’tkazgan “Fe’l kesim va ot kesim” mavzusidagi ochiq darsini kuzatdim. Darsda barcha o’quvchilar faol qatnashdi. Ketma-ket topshiriqlarni bajarish jarayonida ularning faolligi yanada oshdi. Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Yuldasheva Marhaboning 5-sinfda o’tkazilgan “Oygul bilan Baxtiyor ertak-dostoni” mavzusidagi ochiq darsi juda qiziqarli tashkil qilindi.
So‘z maktabining O’TIBDO’ A.Sultanovga berildi.
A.Sultonov so‘zi: maktabdagi 8-“A” va 8_”B” hamda 5-sinfda o’tkazilgan ochiq darslarni kuzatdim. Darsda qo’llagan metodlarini ko’rib, boshqa o’qituvchilar ham shu metodlardan foydalansa maqsadga muvofiq deb o’ylayman. 8-“B” sinfda “Insho yozish ko’nikmasi:video insho” mavzusi, 5-sinfda “Oygul bilan Baxtiyor ertak-dostoni timsollari “ mavzusi, 8-“A” sinfda “Fe’l kesim va Ot kesim” mavzusidagi ochiq darslarini kuzatib, ularni maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilaman.
Yig‘ilishda O’TIBDO’ A.Sultonov va metodbirlashma raisi va a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar e’tiborga olinib, tajribali o‘qituvchilarning ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish bo‘yicha Pedagogika kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma’qullandi.
Qarshilar”- yo‘q, “Betaraflar”- yo‘q. Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida metodbirlashma yig‘ilishi
QAROR QILADI:

  1. O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Rayxon Sultanovaning ilg‘or ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish yuzasidan Pedagogika kengashida ko‘rib chiqish va muhokama qilish uchun kiritilsin.

  1. Qaror ijrosini ta’minlash metod birlashma raisi S.Qodirova zimmasiga yuklatilsin.

Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi raisi: S.Qodirova
Kotiba: M.Yuldasheva
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling