Case 8-mavzu
Download 30 Kb.
|
1 2
Bog'liqCase. 8-mavzu
Case 8-mavzu: Hukmron markaz va partiya XX asrning 20-30 yillarda O'zbekistonda o'tkazgan sanoatlashtirish va dehqon xo'jaliklarining jamoalashtirish siyosati va uning asoratli oqibatlari qanday bo`lgan? XX asr 20-yillarining oxirlarida O’zbekistonda shakllangan ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi jamiyat hayotining barcha jabhalari qatori iqtisodiy sohada ham o’z aksini topmasdan qolmadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki o’sha davrda O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterga ega edi. O’zbekiston hududida dastlabki fabrika va zavodlarning qurilishi chor Rossiya davrida boshlangan edi. Bu korxonalarni qurushdan ko’zlangan maqsad Turkistonda chorizm mustamlakachiligini mustahkamlash, o’lka boyligini markazga olib ketishni osonlashtirish va arzonlashtirish, mamlakat aholisi va tabiiy resurslarini eksplutasiya qilishni kuchaytirishdan iborat edi. SHuning uchun ham O’zbekiston hududida qurilgan korxonalar engil va oziq-ovqat tarmog’iga mansub bo’lib ular faqat qishloq xo’jalik mahsulotlariga va qazilma boyliklariga dastlabki ishlov berganlar xolos. Engil yoki oziq-ovqat sanoatining murakkab texnologiya bilan bog’liq korxonalari o’lkamizda umuman qurilmagan edi. 1917-yil Oktyabr to’ntarishidan keyin hokimiyatni qo’lga olgan Sho’rolar hukumati uni saqlash va mustahkamlashning yagona yo’li zamonaviy rivojlangan sanoatga va eng birinchi navbatda og’ir industriyaga ega bo’lishiga bog’liqligini juda yaxshi tushunar edi. XX asrning 20-yillarida amalga oshirilgan yangi iqtisodiy siyosat xalq xo’jaligining turli tarmoqlari qatori sanoatda ham muayyan ijobiy o’zgarishlarga olib keldi. Erishilgan yutuqlardan ruhlangan kommunistik rahbariyat kun tartibiga sanoat qurilishi ko’lamini jiddiy ravishda kengaytirish vazifasini qo’ydi. Industrlashtirish natijasida SSSR sanoati rivoj topgan ilg’or mamlakatlar qatoriga qo’shilishi kerak edi. Oldiniga, yangi iqtisodiy siyosat amalda bo’lgan davrda industrlashtirishni jadallashtirish haqida gapirilmadi. Lekin NEPdan voz kechilgandan keyin industrlashtirish sur’atlarini keskin ravishda oshirish vazifasi qo’yildi. O’zbekiston sanoatining shu davrdagi ahvoli qanday edi? 1927 yilda sanoatning xalq xo’jaligida salmog’i 38,4% ni tashkil etib uning 90% i qishloq xo’jaligi xom ashyosini qayta ishlashga moslagan edi va metropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilayotgan edi. Dunyoning boshqa mamlakatlari singari O’zbekiston ham industrlashtirish o’tkazishdan juda ham katta manfaatdor edi. Industrlashtirish, agar respublika manfaatlarini ko’zlab, uning ehtiyojlarini qondirish uchun o’tkazilganda edi, unda u O’zbekistonda zamonaviy texnika bilan qurollangan, o’lkadagi xalq xo’jaligi xususiyatlarini, demografik vaziyatni, milliy an’analarni hisobga oladigan, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ta’minlaydigan, o’lkani ilg’or, sanoati rivojlangan mamlakatga aylantiradigan tarzda amalga oshirilishi kerak edi. Biroq, bol’sheviklar hukumatining niyati tamoman boshqacha edi. ular O’zbekistonni xom ashyo etkazib beruvchi o’lka sifatida saqlab qolmoqchi edilar. Lekin, shu bilan birgalikda uning iqtisodiy salohiyatini oshirib, respublika boyliklarini talon-taroj qilishni kuchaytirmoqchi edilar. Respublikada amalga oshirilgan industrlashtirish xuddi ana shu vazifani amalga oshirishga yo’naltirilgan edi. To’g’ri, tan olish kerak 1,2,3 besh yilliklar davomida rempublikada ulkan ishlar olib borildi. Sanoatning respublika uchun butunlay yangi bo’lgan ip, gazlama, ipak yigiruv, tikuvchilik, mo’ynachilik, poyafzal, mashinasozlik, ximiya, rangli metall eritish, energetika kabi tarmoqlari vujudga keldi. Ana shu davrda «Tashqishloqmash», Toshkent to’qimachilik kombinati, Toshkent, Buxoro, Farg’ona tikuvchilik fabrikalari, Toshkent kombinati kabi yuzlab yirik sanoat korxonalari, o’nlab elektrostansiyalar qurilib, qator konlar ishga tushirildi. 1941 yilga kelib respublika sanoati 1443 ta yirik va o’rtacha sanoat korxonalarini va 19 mingta mayda korxonalarni o’z ichiga olar edi. Sanoatning xalq xo’jaligida salmog’i 1927 yildagi 38,4 dan 70 % gacha ko’tarildi. Yuzaki qaraganda keltirilgan dalillardan O’zbekistonda sanoat misli ko’rilmagan sur’atlar bilan rivojlanganday tuyuladi. Lekin, agar respublikada yaratilgan sanoat potensiali boshqa o’lkalardagi sanoat bilan solishtirilsa, uning tarkibiy tuzilishi tahlil qilinsa, ishlab chiqarish qanday tashkil qilinganligi, rahbarlik qanday amalga oshirilganligi, kadrlar tayyorlash siyosati o’rganilsa unda Markaz bilan respublikamizo’rtasidagi imperiyacha munosabatlar tizimi, yuqoridan tayziq qilish amaliyoti, rahbarlikning buyruqbozlik, rasmiyatchilik usullari ko’zga yaqqol tashlanadi. Biz respublikada amalga oshirilgan industrlashtirish mustamlakachilik xarakteriga ega deb ataymiz. Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling