Case 8-mavzu


Xo’sh, bu nimalardan ko’rinadi?


Download 30 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi30 Kb.
#235493
1   2
Bog'liq
Case. 8-mavzu

Xo’sh, bu nimalardan ko’rinadi? O’zbekistonda sanoat korxonalari mahalliy sharoitva milliy manfaatlarini emas, balki markaz ehtiyojlarini hisobga olgan holda barpo qilingan edi. Qurilgan korxonalarning soni ko’paygan bo’lsada, xuddi chorizm davridagidek O’zbekistonga xom ashyo etkazib beruvchilik vazifasi yuklatildi. Masalan, O’zbekiston SSSRning eng asosiy paxta bazasi sifatida
tanlab olingan edi. lekin, paxtadan keladigan daromadning asosiy qismi metropoliya ixtiyorida qolar edi. chunki paxtaning 15% igina O’zbekistonda tayyor mahsulot holatiga etkazilib, qolgani metropoliyaga xom ashyo sifatida jo’natilar edi. Paxta xom ashyosi va tayyor mahsulot narxlari orasidagi farq esa 30 baravardan ortiq bo’lib, asosiy daromad O’zbekiston xom ashyosini qayta ishlaydigan markaziy korxonalar hisob raqamiga tushar edi. O’zbekistonda qurilgan va mahalliy xom ashyo va resurslarni tayyor mahsulot holatiga etkaza oladigan korxonalarning ham aksariyat qismi Markaz ehtiyojlarini qondirar edi. masalan «Sredazkabel’» zavodi mahsulotining 95% respublikadan olib chiqib ketilar edi. Bundan tashqari, o’z davri uchun ilg’or texnologiya bilan qurollantirilgan zavodlarning katta qismi to’g’ridan-to’g’ri Moskvaga bo’ysuntirilib, uning idorasi bilan ish yuritar edilar. Prezident I.A.Karimov asosili ravishda ta’kidlaganidek «respublikaning ulkan... imkoniyatlaridan ayamay foydalanilar, undan ko’riladigan daromad esa yurtimizdan ancha yiroqlarda qolib ketar edi».

20-30yillarda O’zbekistonda qurilgan korxonalarning aksariyat qismi texnologik jihatdan eskirgan asbob uskunalar bilan jihozlanardi. Atrof-muhitni himoya qilish, respublikada tabiiy muvozanatni saqlashga ham e’tibor yo’q darajada edi. Natijada suv va havo havzalariga millionlab tonnalar zaharlangan chiqindilar tashlab yuborilar edi. Ayniqsa ximiya zavodlarining respublika ekologiyasiga zarari katta bo’ldi. Jadal industrlashtirish juda katta miqdordagi kapital mablag’larni talab qilar edi. Industrlashtirishni amalga oshirayotgan har qanday davlat mablag’larini chet el investisiyalarini jalb qilish, kredit olish, xalqning bo’sh mablag’larini ishlatish, davlatga qarashli korxonalarning qimmatli qog’ozlarni chiqarish kabi yo’llar bilan to’playdi. Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar tuzum hukmron bo’lgan Sovet Ittifoqida bu imkoniyatlarini ishlatish imkoniyatlaridangina foydalanishmumkin edi xolos. Qishloq xo’jalik mahsulotlari narxini sun’iy ravishda pasaytirilib, sanoat tovarlari narxi haddan ziyod oshirildi va narxlar tafavuti natijasida vujudga kelgan katta miqdordagi mablag’lar industrlashtirishga ajratildi. Ko’rinib turibdiki, industrlashtirish mehnatkash kishilar, ayniqsa dehqonlar elkasiga og’ir yuk bo’lib tushgan edi. Sanoatni kadrlar bilan ta’minlash ham ziddiyatli kechdi. Agar birinchi besh yillik boshida ishchilar soni 18 mingta bo’lsa, 1937 yilga kelib ularning soni 181 ming kishiga etdi. Lekin, ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilar edi. Sanoat korxonalari qurulishi natijasida vujudga kelgan ishchi o’rinlari asosan evropaliklar hisobiga to’ldirilib, mahalliy aholi qishloqda qolib ketaverdi. Natijada qishloqlarda yashirin ishsizlik vujudga keldi va demografik vaziyat keskinlashib bordi. Bularning barchasi O’zbekistonda industrlashtirish Markazning hohish irodasi va manfaati asosida amalga oshirilganidan dalolat beradi.

XX asr 20 yillarining boshidan e’tiboran amalga oshirilgan yangi iqtisodiy siyosat dehqonlarga ham erkin nafas olishga imkon berdi. Oziq-ovqat razvotkasining oziq-ovqat solig’i bilan almashtirilishi qishloq xo’jaliki ishlab chiqarishi samaradorligining oshirishiga, bozor infrato’zilmasi ayrim elementlarning tiklanishiga olib keldi va natijada aholining turmush sharoiti anchagina yaxshilandi. Lekin, shunday bo’lsada, O’zbekiston qishloq xo’jaligida feodal-patriaxal munosabatlarning ustivor ekanligi, qishloqlar mayda va tarqoq er uchastkalariga bo’linganligi, agrotexnikaning qoloqligi, irrigasiya tizimining ayanchli holatida ekanligi, aylanma mablag’larning etishmasligi, qishloqdagi iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qilar edi. 1925 yilda yersiz dehqonlar barcha dehqonlarning 10 % ini, 1-3 desyatina eri bor dehqonlar 64 %ini, 3-10 desyatina eri bor o’rta hol dehqonlar 20 %ini 10 desyatinadan ortiq eri bor boy dehqonlar 6 %ini tashkil qilar edi. 1924 yilda dehqonchilik qilgan er maydonlari mavjud ekin maydonlarining faqat 58,7 %ini, yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 1913 yildagi darajada agrar islohotlarini amalga oshirish obektiv zarurat edi. Bol’sheviklar rahbariyati agrar islohotlar zarurligini tan olsada, bu islohotlar o’zbek qishloqlarining sosialistik yo’lga tushib olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim deb hisoblar edi. Islohotlar qarshilik ataylab avj oldirildi. Qishloqda asosiy kuch bo’lgan o’rta hol dehqonlarga nisbatan esa ustomonlik bilan munosabatda bo’lindi. O’rta hol dehqon «iqtisodiyotni rivojlantirishda va ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini amalga oshirishda asosiy, markaziy figura»i*, deb e’lon qilishdi. O’zbekistonda Rossiyadagi kabi haddan ziyod yirik er egalari yo’q edi. Respublikadagi yirik er egalarini Rossiyadagi quloqlarga qiyoslash mumkin. O’zbekistonda 1925-1929 yillarda amalga oshirilgan, er-suv islohoti aholining ana shu boy qatlamlariga qarshi qaratilgan edi. Sovet hokimiyati yollanma mehnatdan foydalangan dehqonlarni eksplutator deb atab, ularni sinf sifatida yo’q qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Islohotlar jarayonida sovet hokimiyati boy (quloq) dehqonlarni cheklash siyosatini tobora keng qo’llay boshladi. 10 desyatinadan ortiqcha erlar musodara qilindi (Farg’onada 7
desyatinadan). 1928 yilda qabul qilingan qaror bo’yicha 20 gektar va undan sug’oriladigan eri (45 gektar lalmi er) bo’lgan dehqon xo’jaliklari butunlay tugatildi. Hammasi bo’lib 1925-1929 yillarda 475 ming desyatina er tortib olindi. Uning 10 % i kambag’al dehqonlarga taqsimlandi. Qolgan erlarda 522 ta kolxoz tashkil qilindi. Shunday qilib, O’zbekistonda yalpi jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish uchun zamin hozirlangan edi. SHu alohida ta’kidlash kerakki, zo’rmazo’raki tuzilgan kolxozlar qatori ixtiyoriy ravishda tuzilgan koorporasiyalar ham anchagina edi. Bozor munosabatlari qonuniyatlariga rioya qilish asosida tuzilgan bu shirkatlar dehqon xo’jaliklarining 80%ini qamrab olgan edi. NEP dan voz kechilishi ularning halokatiga olib keldi. Mamlakatda yalpi jamoalashtirish boshlandi. Bu siyosat Moskvaning tayziqi asosida o’tkazildi. O’zbekistondagi ijtimoiy sharoit hisobga olinmasdan turib Respublika yalpi jamoalashtirishga
tayyor ekanligi targ’ib qilina boshlandi. 1930 yil 17 fevralda O’z KP (b) MK «Jamoalashtirish va quloq xo’jaliklarni tugatish haqida» qaror qabul qildi. Respublika yalpi jamoalashtiriladigan 17 tumanga bo’linadi. Mahalliy rahbarlar raqamlar orqasidan quvib qonunni buza boshladilar. Kolxozlarga kirmaganlarga suv berilmaydi, sanoat mahsulotlari sotilmaydi, katta soliq solinadi, surgun qilinadi deb qo’rqitadilar. Natijada ko’pchilik tumanlarda jamoalashtirish bir necha
haftada o’tkazildi. 1930 yil 6 fevralda qishloq xo’jaligi artelining birinchi namunaviy nizomi qabul qilindi. Nizomda mulkni umumlashtirish mezonlari, kolxozlarning bo’linmas fondlari to’g’risida tushuncha berilmagan edi. Natijada turar joy binolari, qo’y, echki, qoramollar, hatto parrandalar ham umumlashtirildi. Ba’zan esa yakka dehqon xo’jaligidan jamoaning oliy firmasi kommunaga sakrash holatlari kuzatildi. «Yuqori»ning ko’rsatmalari zo’rlikning avj olishiga olib keldi. Bu yo’l-yo’riqlar kimlarning quloq qilinishini aniq belgilab bermas edi. SHuning uchun respublikada o’ziga to’q boy dehqonlar umumiy dehqonlar miqdorining 6%ini tashkil qilsada ba’zi tumanlarda 15%gacha dehqonlar quloq qilinib xo’jaligi tugatilgan edi. Masalan, Mirzacho’l tumanida 1930 yilda 137 ta
xo’jalik ro’yxatga olinib tugatilishi kerak edi. Tekshirishdan keyin ro’yxatda 75 xo’jalik qoldirildi. Quloqlar ro’yxatiga asossiz ravishda o’rta hol ba’zan esa kambag’al dehqonlar kiritilganligi aniqlangan edi. «Quloq»larga qarshi kurash niqobi ostida asosan tadbirkor, ishbilarmon dehqonlarga nisbatan yalpi urush e’lon qilindi. Dindor bo’lgani, ma’muriyat harakatiga qarshilik ko’rsatgani uchun ham «quloq» qilinishi hollari uchrab turardi. «Quloqlarning dumi» degan atama paydo bo’lganidan keyin zo’ravonlikni nafaqat qishloq aholisining boy va
o’rta hol qatlamlariga, balki eng kambag’al qismiga ham qo’llash imkoniyati tug’ildi. «Quloq» qilinganlarning bir qismi Ukraina, Sibir’ va Qozog’iston cho’llariga, o’rmonlariga surgun qilindi. Yana bir qismi respublikaning boshqa joylariga zo’rlik bilan ko’chirildi. Respublikaning o’zida 17 ta «quloq» qishloqlari (lagerlari) tashkil qilingan edi. O’zbekistonda jamoalashtirilgan rasman 1932 yilning oxirida poyoniga etdi. 81,7% yakka xo’jalik shu vaqtga kelib umumlashtirildi. Qolgan yakka xo’jaliklarga iqtisodiy tayziq kuchaydi.
Soliqlar, majburiy topshiriladigan mahsulotlar hajmi keskin oshirildi. 1939 yilga kelib yakka xo’jaliklarga butkul barham berildi. Kolxozlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning hamma sohalari qat’iy nazorat ostiga olindi: mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi ustidan reja ko’rsatkichlari, soliq majburiyati joriy qilindi, jamoa xo’jaliklarining daromadlari va sarf-xarajatlari belgilab qo’yildi. Jamoalashtirish yangi iqtisodiy siyosatga o’nglana olmaydigan zarba berdi. Agrar sohada xo’jalik hisobi munosabatlarining buzilishi, sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’zaro foydali ayriboshlashdan voz kechilishi, oziq-ovqat razvetkasi tamoyillariga qaytilishi – bularning barchasi iqtisodiyotning chuqur deformasiyasiga olib keldi. Jamoalashtirish qishloq xo’jaligi tabiiy rivojlanishi jarayonlarini bukib qo’ydi. U dehqonlarning kolxoz «kamera»lariga umrbod qamalishiga va qaram bo’lishiga olib keldi. Majburiy ravishda kolxozlarga kiritilgan dehqonlar barcha fuqarolik huquqlaridan, avvalo kasb tanlash va yashash joylarini o’zgartirish huquqlaridan judo bo’ldilar. Jamoalashtirish O’zbekiston qishloq xo’jaligiga qaqshatqich zarba berdi. 1933 respublikada ochlik boshlandi. Don etishtirish keskin kamaydi. Chorvachilikka katta zarar etkazildi. Qishloq xo’jaligi boshqaruv tizimida ma’muriy-buyruqbozlik usullarining ustivorligi ta’minlandi. Bu esa ko’p jihatdan paxta yakka hokimligi o’rnatilishini ta’minladi. 1930 yilning baxoridayoq bol’shevistik raxbariyat yalpi jamoalashtirish tumanlarida er maydonlarining to’rtdan uch qismida paxta ekishni respublika hukumatidan talab qilgan edi. Paxta yakka hokimligini o’rnatish yo’lini tanlashi oqibatida 1933 yilda etishtirilgan umumiy qishloq xo’jalik mahsulotlarining 81,5 %ini paxta tashkil qilar edi. 1937 yilda esa bu ko’rsatkich 93,4 %ni tashkil qildi. Kolxozchilar o’z mehnatlarining mevalaridan mustaqil ravishda foydalana olmas edilar. Majburlovchi va eksplutasiya qiluvchi feodal tuzumi o’rnini partiya – davlat tuzumi egalladi. Qishloq aholisi faqat o’z shaxsiy tomarqalariga ishonishlari mumkin edi xolos. Lekin, dehqonlarning anchagina qismi bu imkoniyatdan yo to’lasincha foydalana olmas yoki butunlay undan mahrum edilar. Masalan, 1937 yilda respublikadagi 66 ming dehqon oilasi tomorqadan umuman mahrum edi. 140 ming dehqon oilasining tomorqalari esa kam normadan ham kam edi. Shunday qilib, yalpi va jadal jamoalashtirish natijasida dehqonlarga xos bo’lgan butun turmush tartibi buzildi, ma’naviy axloqiy qadryatlar zavol topdi. Er o’z egasidan amalda ajralib qoldi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakat, ularni chet eldan olib keluvchi davlatga aylandi.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling