Case bo‘yicha savollarga javob Bajardi: eks-3-21


Download 228.06 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi228.06 Kb.
#1088348
Bog'liq
G.Nematillayeva

 case bo‘yicha savollarga javob

Bajardi: EKS-3-21

Nematillayeva Gulibonu Muhsinjon qizi

Osiyodagi qo'ng'iroqlar markazida operator bo'lib ishlayapsiz amerikalik va g'arbiy yevropaliklardan g'azablangan qo'ng'iroqlarni olyapsiz. Bunday qo'ng'iroqlarga qanday munosabatda bo'lar edingiz? Vaziyatni tasavvur qiling va javobingiz qanday bo'lishini ayting

Printer olishda qaror qabul qilishning 8 qadamiga mos ravishda amalga oshirilganligi to‘g‘risida

  • Misol uchun o’quv markazimda ta’lim olayotgan o’quvchilar uchun qo’llanma va tarqatma materiallarini bepul ta’minlab beriladi. Ushbu materiallarni chop etib beradigan rangli printer mashinasi buzilib qoldi. Printerni ta’mirlovchi ustaga olib borilganda, uning ishga yaroqsiz holga kelib qolgani va uni ta’mirlash yangi printerlardan 100-200 ming so’m farq qilishi mumkinligi ma’lum bo’ldi. Ushbu vaziyatda men qaror qabul qilishda 8 qadamga mos ravishda amalga oshirishni maqul ko‘raman.
  • Bunga ko‘ra men birinchi qadamni amalga oshiraman. Printer sotib olishim lozimmi yoki mavjud printerni ta’mirlatish evaziga ham bu muammoni hal etish mumkinligi haqida o’ylab ko’raman. Mavjud printerni ozroq zamondan ortda qolganini, ya’ni undan kuchliroq huddi u bajarayotgan ishlarni samaraliroq bajara oladigan ko’plab printer turlari savdo markazlariga chiqarilganligini hamda ushbu printerni arzonroqqa sotib, ta’mirlatish ketadigan harajatlarimdan ozgina ko’proq pul qo’shsam yangi, men xohlagan printerni berishini inobatga olsak, demak menga yangi rangli printer sotib olish birmuncha qulayroq ekan. Qaror qabul qilishning birinchi bosqichini ya’ni muammoni aniqlab oldim. Ikkinchi qadamda esa qaror qabul qilishning mezonlarini aniqlab oalaman. Yangi sotib oladigan printerimning qaysi afzalliklari men uchun ahamiyatli ekanligini aniqlashtirib olaman. Ushbu Mening printerning rangli, lazerli hamda kafolat muddati ahamiyatli ekanligini aniqlayman. Uchinchi qadamda og’irlikni shu mezonlarga taqsimlab chiqaman. Keyingi, ya’ni to’rtinchi qadamda muqobil variantlarni ishlab chiqamiz. Muqobil variantlar masalan EPSON, CANON hamda SAMSUNG bo’lishi mumkin. Ushbu muqobil variantlarni kerakli mutaxassislar bilan maslaxatlashgan holda ro’yxatini shakllantirib olaman. Eng asosiysi 5-qadam hisoblanadi. Bunda biz ishlab chiqqan muqobil variantlarni tahlil qilamiz. Muqobil variantlarning ham sifatiga, rang sifatiga, og’irligining muddatiga va kafolat muddatiga 10 balli tarzda baho berib chiqamiz. Bundan keyingi qadamda esa muqobil variantlar ichidan eng ma’qulini tanlaymiz. Tanlash jarayonida biz aniqlab olgan mezonlarga muqobil variantlarni qanchalik mos tushishiga e’tibor qaratishimiz lozim. Bizga ko’proq EPSON, SAMSUNG maqul kelmoqda. Biz shu ikkisidan birini sotib olamiz va mavjud muammoli printerimiz bilan almashtiramiz. Bu orqali biz qaror qabul qilishning yettinchi qadamini amalga oshirgan bo’lamiz, ya’ni muqobil variantni amalga oshirish bosqichini bajaramiz. Navbatda bizda so’nggi qadam qoladi. Qaror qabul qilindi, printer yangilandi va muammo bartaraf etildi. Lekin biz printerni yangilash bilan cheklanmaymiz, bizning qarorimiz orqali sotib olingan yangi printerning ya’ni qaror samaradorligini baholaymiz. Yangi printerimiz tezlatib vaqt sarfini kamaytirayotganligi hamda ish unumdorligini oshirmoqdami yoki yo’qmi, mavjud printerimizning o’rnini bosa oldimi kabi savollarga javob beramiz. Mening javobim ijobiy bo’lsa, men qaror qabul qilishning 8 qadamini to’g’ri bosib o’tgan bo’lamiz. Aksincha, agar javobim salbiy bo’lsa, yuqoridagi 8 qadamlarning birida xatolikka yo’l qo’ygan bo’laman va uni topib bartaraf qilishga urinaman.

Qarorlarning
Strukturaga
Download 228.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling