22 KEYS
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida
Bajarish muddati: 30 daqiqa
Eksport va savdoda qayd etilgan valyuta kurslari avzalliklari yuqoridir. Milliy valyuta kursini nazorat qilib, jahon bozorlarida o‘z tovarlarining raqobatbardoshligini saqlash maqsadida mamlakat uni past darajada ushlab turishi mumkin. Bunday siyosat past qiymatli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan mamlakatlar (Tailand, Vetnam) bilan kuchli valyutali davlatlar (AQSH, Evrozona davlatlari) o‘rtasidagi munosabatlarga avzalliklar beradi. Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari o‘z daromadlarini milliy valyutaga o‘tkazganlarida ularning foydalari yanada ko‘payadi. SHunday qilib, milliy valyutani past kursda ushlab turish eksport hajmi va daromadni ko‘paytirishga olib keladi. Valyuta kursining bir maromda ketishi nafaqat kompaniyalarning daromadini oshiradi, balki turmush darajasini va umumiy iqtisodiy o‘sishni ko‘paytiradi. Bundan tashqari u milliy valyutani himoya qiladi. Valyuta kurslarining doimiy o‘zgarib turishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy bir necha yillar “yarim suzib yuruvchi” valyuta kursini qo‘lladi va nihoyat 2008 yilda qayd etilgan valyuta kursi tizimiga o‘tdi. Bu Osiyo gigantiga dunyo iqtisodiyotida ro‘y berayotgan qiyin yillarni nisbatan engilroq o‘tkazishga imkon berdi, bu vaqtda boshqa ko‘pgina industrial davlatlar yo‘qotishlarga duch kelgan edilar.
Savollar.
Nima uchun past milliy valyuta kursini saqlab turish eksportni oshishiga olib keladi?
Qayd etilgan valyuta kurslarining avzalligi va kamchiliklarini kursating?
Do'stlaringiz bilan baham: |