“case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study”


Download 269.36 Kb.
bet19/21
Sana23.12.2022
Hajmi269.36 Kb.
#1048114
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Кейс микромакроиқтисодиёт 2022

Savollar

  1. Jahon global iqtisodiyotida qaysi tashqi savdo siyosatiga amal qilinishi kerak?

  2. Tariflar va kvotalar iqtisodiyotni rivojlantiradimi yoki to‘xtatadimi?

  3. Mamlakatga erkin iqtisodiy zonalar nima uchun kerak?


21 KEYS .
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish
.
Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida

Bajarish muddati: 30 daqiqa



Argentina tahlilchilarining baho berishlaricha, o‘tgan yilgi 7 foiz bilan solishtirganda, joriy yilda YAIM ning o‘sishi 2 foiz dan oshmaydi, kutilayotgan inflyasiya darajasi 24 foizni tashkil qildi. Ammo Argentina rahbariyati inflyasiya 11 foizga o‘sishini ta’kidlamoqda. Argentina Prezidenti Kristina Fernandes kapitalning chetga chiqib ketishining oldini olish maqsadida qat’iy choralar qabul qildi. Valyuta bozori siqilishi natijasida Fernandes xonim yarim Ispaniyaning “REPSOL” kompaniyasiga tegishli URK mamlakatdagi yirik neft kompaniyasini milliylashtirdi. Biroq bu chora iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilanishga olib kelmadi. Unda argentinaliklarga dollarni ishlatishni ta’qiqladilar. Hukumat Argentinaliklarni «pesoni uylash» ga chaqiruvchi tashviqot kompaniyasini rivojlantirdi. Vatanparvarlik chaqiruvlari yomon ishladi. The Wall Street Journal gazetasi Argentina Markaziy bankining ma’lumotlarini keltirdi va unga muvofiq faqat may oyida Argentinaliklar hisobidan 1,5mlrd dollarni oldilar.
Taniqli bo‘lmagan fiskal choralar bo‘yicha javobgar Argentina ichki savdo vaziri Gilero Mereno bo‘lib, u «aqli zaif» laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Unga ajoyib bir g‘oya tegishli bo‘lib, u import qiluvchi kompaniyalar zimmalariga import qilingan tovarlari qancha qiymatda bulsa, shuncha qiymatga teng bo‘lgan tovarni mamlakatga eksport qilinishi kerak bo‘lgan. Uyinnning bunday qoidalari Argentina biznesmenlarini topqirlikka majbur qilgan. SHunday qilib, musiqa asboblarini import qiluvchi kompaniya yaqin sharqga po‘lat sotishni rejalashtirgan. “Kavasaki” rusumli YApon mototsiklini sotuvchi firma vazirning yo‘rig‘iga ko‘ra Ukrainaga vino va uzum sharbatini eksport qilmoqchi bo‘ldi. Import hajmi keskin qisqardi. Import tovarlarining etishmasligi sezila boshladi. Londonda olimpiada uyinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Argentina sportchilari import velosipedlarisiz tayyorgarlik ko‘rish birmuncha qiyinchilik tug‘dirayotganligini aytdilar. Kasalxonalarda xirurgik qulqoplarning zaxiralari umuman kamayib ketdi.
Argentina importi tarkibiy qismining 80 foizi iste’mol tovarlariga emas, balki ehtiyot qismlar va uskunalarga to‘g‘ri keladi. Hukumat g‘alaba hisobotini berayotganida to‘lov balansi importning qisqarishi hisobiga musbat saldosi o‘sdi. Aholining valyutaga talabi o‘sdi. Qora bozorda dollarning narxi 6 pesoga oshdi, rasmiy kursga asosan 4,5 pesoni tashkil etgan. Buenos-Ayrosning savdo ko‘chalarida xorijiy pul uchun tarbiyalangan iskovchi itlar bilan soliq inspektorlari daydib yurishibdi. Argentina gazetalarida doim politsiya yana yurish qilib “daraxt”ni emirib tashladi, deb yozadi, “daraxt” deganda ular ko‘chadagi pul almashuvchilarni tushunishadi. Bugungi kunda Argentinada bo‘layotgan Janubiy Amerika ekzotikasi davlat siyosatining mantiqiy natijasidir.

Savollar.

  1. Nima uchun yuqorida ko‘rib o‘tilgan noommabop choralarning samarasi kam?

  2. Importchi kompaniyalarga olib kirilgan tovarlar qiymatini o‘sha summaga eksport bilan qoplanishini yuklash qaysi maktab vakillarining g‘oyalariga o‘xshash?




Download 269.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling