“case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study”


Download 269.36 Kb.
bet5/21
Sana23.12.2022
Hajmi269.36 Kb.
#1048114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Кейс микромакроиқтисодиёт 2022

Savollar
1.Agar mamlakatda iqtisodiyo’sish sur’ati sekinlik bilan ammo aholi o’sish sur’ati jadal o’sayotgan bo’lsa bu yerda mamlakat oldinga siljiy oladimi? . Qachon siljishi mumkin?
2.O’zbekistonning jadal rivojlanishiga iqtisodiy o'sishning qanday omillari ta'sir qildi?
3 KEYS
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish


Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.


Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida

Bajarish muddati: 30 daqiqa


Kuchli ijtimoiy siyosat respublika iqtisodiyotini isloh qilishning eng muhim tamoyillaridan va mamlakat iqtisodiy xavfsizligini yo’nalishlaridan biridir. Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ro‘yobga chiqishini ta'minlashga, oilalarning, har bir alohida insonning faravonligini yaxshilashga doir chora-tadbirlarning keng majmuasi amalga oshiriladi.


Barqaror jamiyat uchun bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘nalishi zaruriy holatdir. Bu inson manfaati, himoyasi, uning turmush darajasi, muammosidan kelib chiqib, jamiyat bozor munosabatlari kommunikatsiyalariga, ular yuzaga keltiradigan salbiy oqibatlarga befarq bo‘la olmaydi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustivor yo‘nalishlardan biriga, ya'ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustivor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishidan biri ijtimoiy sohani rivojlantirishdir.
Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
1997 yilda O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi, mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: - «Ta'lim to‘g‘risida» O‘zbekiston Respubliksi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini rivojlantirishni ta'minlash.Shuni aytib o‘tish kerakki, davlatning iqtisodiy rivojlanishida ijtimoiy omillarning rivojlanishi ustuvorligiga e'tibor qaratishi, aholining turmush farovonligini oshirishni ta'minlashi, ijtimoiy xizmatlar sohasida islohotlarning qonuniy asoslarini yaratishi kerak.
“Ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyili har bir individumga yoki oilaga faqat ularning daromadi, farovonlik darajasi, ijtimoiy foydali mehnat sifati va davomiyligini baholash asosida yordam ko‘rsatishdir. Tizim kambag‘allik chegarasidan tashqarida yashovchilarni qo‘llab-quvvatlashi, ularga yordam ko‘rsatishi va ayni bir vaqtda fuqarolikning keksayganda va mehnat qobiliyatini yo‘qotganda o‘z ijtimoiy muhofazalarini ta'minlashga intilishlarini rag‘batlantirishi kerak”.
“Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy (2018) yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi soʻnggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha koʻpaytirildi.
Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi”.
Keysning ta'limiy maqsadi: loyiha davlatning ijtimoiy siyosatini bilish yuzasidan ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish. Talabalap o‘tilgan mavzuni muctahkamlash maqcadida amaliy dapclapda ijtimoiy cohadagi ko‘rsatilayotgan manzilliylik ta'moilini va ijtimoiy xizmat ko‘pcatkichlapini yaxshilashdagi acociy vaziyatlapni tahlil qilishni o‘pganishdan ibopatdip.
Bepilgan keycni echish natijacida quyidagi o‘quv natijalapiga epishish mumkin:

  • davlat ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini baholash va tahlil etish tushunchalapini pivojlantipish;

  • milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlash dinamikacining taxlil etish.

  • rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ijtimoiy soha tarmoqlarida davlatning roli bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘ladilap;

  • statistik ma'lumotlarni iqtisodiy tahlil qila olish;

  • aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qilishni.

Olgan bilimlapi amaliy ish yopdamida muctahkamlanadi va amaliyotga bopganda qo‘llash ko‘nikmaci hocil bo‘ladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshiralayotgan ishlar holatini aks ettiruvchi ma'lumotlar.
O‘zbekiston Resbulikasida davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining salmog‘i yuqori bo‘lmoqda. Xususan, bu turkum xarajatlar 2014-2019 yillarda jami byudjet xarajatlarining 58-57 foizini tashkil etgan. 2017 yilda ushbu xarajatlarning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 60,4 foiz bo‘ldi. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar nominal miqdorlarda, shuningdek, umumiy xarajatlar salmog‘ida ham ortib bormoqda.
Mamlakatimizda davlat byudjetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlari jami xarajatlarning 58-60 foizini tashkil qilsa-da, uning tarkibidagi bevosita aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga oxirgi yillarda davlat byudjetining o‘rtacha 6,1-5,4 foizi yo‘naltirilmoqda. Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi sifat jihatidan o‘zgardi. Hozirgi paytda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirishni moliyalashtirish asosiy o‘rin tutdi.
Ijtimoiy ta'minot xarajatlarining ulushi 2012-2016 yillarda barqaror saqlandi, davlat byudjeti xarajatlarining 0,7 foizni tashkil qildi, 2017 yilda esa 0,9 foizni tashkil qilgan.

Download 269.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling