“case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study”


-jadval Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi


Download 269.36 Kb.
bet6/21
Sana23.12.2022
Hajmi269.36 Kb.
#1048114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Кейс микромакроиқтисодиёт 2022

1-jadval
Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi
(jamiga nisbatan foizda)

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari

100

100

100

100

100

100

Ta’lim

58,0

58,1

57,3

56,9

57,0

60,4

Sog’liqni saqlash

24,6

24,5

23,9

23,9

23,7

25,4

Madaniyat, sport

1,8

1,9

1,8

1,7

1,8

1,8

Fan

1,1

1,1

1,1

1,1

1,3

1,0

Ijtimoiy ta’minot

0,7

0,7

0,7

0,7

0,7

0,9

Oilalarga ijtimoiy nafaqalar

13,1

10,6

10,9

10,2

9,2

9,2

Qishloq joylarda uy-joylar qurishni hamkorlikda moliyalashtirish uchun kredit liniyalari

-

2,5

4,0

4,3

5,5

1,3



2-jadval
Nagaqa oluvchilar soni

Hudud nomi

Jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni

Yoshga doir

Nogironlik

Boquvchisini yo’qotganlar

Nafaqa oluvchilar

Qoraqalpog’iston Respublikasi

188891

127307

30141

10762

20681

Andijon

321805

242380

33230

16071

30124

Buxoro

211599

161344

28168

6815

15272

Jizzax

115532

78353

11724

9904

15551

Qashqadaryo

294946

216854

28692

17754

31646

Navoiy

112249

79834

16720

5491

10204

Namangan

268314

195392

30090

16112

26720

Samarqand

362624

273962

34618

19235

34809

Sirdaryo

86773

58999

13319

4536

9919

Surxandaryo

232438

164293

24758

14552

28835

Toshkent v.

329120

259415

27382

17654

24669

Farg’na

399998

317534

36794

14607

31063

Xorazm

188505

140694

20586

7854

19371

Toshkent sh.

332842

276487

30947

9969

15439

Respublika bo’yicha

3445636

2592848

367169

171316

314303

Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar:



  1. Ijtimoiy sohani tartibga solishda davlatning roli nimadaniborat?

  2. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya tizimini yaratish bosqichlari vayo‘nalishlari?

  3. Ijtimoiy sohani tartibga solishda bozor mexanizmining ahamiyati qanday?

  4. Ijtimoiy yordamning qanday turlarimavjud?

  5. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini tuzish uchun davlatning ijtimoiy yo‘nalishlarining asosiy vazifasi nimadaniborat?

  6. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish holatinibaholang!

  7. Ijtimoiy soha tarmoqlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davlat dasturlarining ahamiyati qanday ahamiyat kasb etadi?



3 KEYS.
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish


Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.


Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida

Bajarish muddati: 20 daqiqa

AQSH iste’molchilari narx industrial inflyatsiyasi ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi va iste’mol mahsulotlari va xizmatlari darajasini o’lchash bilan o’lchanadi. Ko’rsatkichlar har oyda AQSH mehnat Departamenti statistika idorasi tomonidan 1919 yildan beri nashr qilinadi. Indeks keng iste’mol mollari narxining ozgarishlarini kuzatish asosida, shaharlarga yaqin joylarda, iste’molchilarning o’rta daromadlariga qarab hisoblanadi. Oyning oxirida chop etilgan yetakchi ko’rsatkichlar AQSHning keng tarqalgan inflyatsiyasini o’lchash usullaridan biri bo’lib hisoblanadi, ammo bunday indeks nafaqat umum narx indeksi sifatida balki hayot darajasini aniqlash usuli bo’lib xizmat qiladi.
Savollar:


  1. INI va YIM deflyatorini solishtiring.

  2. INI hisoblashdan maqsad nima?



4 KEYS.
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.


Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida

Bajarish muddati: 30 daqiqa



Asosiy savolimiz: YAIM axolining turmush darajasini o‘lchashning etarli usulimi? Ko‘p hollarda YAIM statistikasiga asosan iqtisodiy holat yaxshilangan ko‘rinsada, ko‘pchilik aholi hayotida bu narsa sezilmayapti. Bundan tashqari YAIM o‘sishiga diqqat qaratish kuchli qarshilikka olib kelmoqda. Siyosiy liderlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni o‘zlarining vazifalari deb bilidilar. SHu bilin birgalikda axoli ulardan xavoni ifloslantirishga qarshi kurashishi va shovqini kamaytirishga ,suvning sifatini oshirishni talb qilmoqdalar. SHu bilin birgalikda bu maqsadlarga yo‘naltirilgan tadbirlar YAIMning kamayishiga olib kelishi mumkun.

Savollar.

  1. Axoli turmush darajasini o‘lchashning ko‘rsatkichi sifatida YAIM ko‘rsatkichlarining nomukammaligi nimada?

  2. Ba’zi mamlakatlar (masalan Avstraliya,Koreya) o‘zining statistikasiga “yashil YAIM” ko‘rsatkichini joriy qilishini sababi nimada?


5-KEYS
Ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini ajratish zarurati yalpi va tovar mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi va uni realizasiya qilishning bir qator tashkiliy va iqtisodiy sharoitlari o‘zgarishi faktidan kelib chiqadi. Avvalo ba'zi mahsulot turlarini yetkazish masofasi o‘zgaradi, bu esa differensial renta I ning shakllanishiga tubdan katta ta'sir ko‘rsatadi. Xo‘jalikning yo‘llar, magistrallar, qayta ishlovchi korxonalar va tayyorlov bazalariga nisbatan joylashuvi omili mahsulot realizasiyasi bo‘yicha transport va boshqa xarajatlarning darajasini belgilaydi.
Qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti yetishtiruvchilar meva, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini yetishtirish va sotishdan ham yuqori moddiy manfaat ko‘radilar. Chunki bu turdagi mahsulotlarini yetishtirish va sotish to‘liq dehqonlarning ixtiyorida bo‘lmoqda. Ammo mamlaktimizda bu turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish miqdorini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash borasida ko‘plab kamchiliklar mavjud. Jumlada, respublikamiz bo‘yicha qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va sotishni o‘rganuvchi axborot – marketing tizimi yetarli darajada shakllanmagan. Shu sababli yillar bo‘yicha ayrim turdagi mahsulotlar baholarining nobarqarorligi oqibatida yo iste'molchi yoki dehqonlar zarar ko‘rmoqdalar.
Keysning maqsadi – talabalarning ishlab chiqarish infratuzilmasida tayyorlov korxonalarni rivojlantirish borasidagi bilimlarini chuqurlashtirib ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.
Muammo: mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari bozorida talab va taklif muvozanatini saqlab turish
Ushbu keysni yechimi orqali quyidagi o‘quv natijalariga erishiladi:

  • o‘rganilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash;

  • respublikada aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha muammolar o‘rganiladi ;

  • muammoni guruxlarda va individual holda tahlil etish va qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi;

  • mustaqil tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • mavzu bo‘yicha o‘quv ma'lumotlarini o‘zlashtirish natijalari aniqlanadi.

Oziq-ovqat havfsizligi va oziq-ovqat majmuasi tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Oziq-ovqat ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bir qatorda aholi soni har yili 1,2–1,5 foizga oshib bordi. Bu O‘zbekistonda oziq-ovqat ta'minoti oxirgi yillarda muntazam ravishda yaxshilanganini bildiradi. Oziq-ovqat importi ancha kamaydi. Bu importdan qaramlikni kamaytirgan bo‘lsada, ma'lum darajada oziq-ovqat yetarliligi ko‘rsatkichini pasayishiga olib keldi. Umuman kaloriyalarda hisoblaganda, O‘zbekistonda oziq-ovqat ta'minoti yetarli darajada bo‘lib, oziq-ovqat ta'minoti xavfsizligi ta'minlangan.
Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlashga zamin tug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda. Xususan, 2000 yilga nisbatan g‘alla yetishtirish 2 barobar, kartoshka – 3,1-marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2-marta, go‘sht va sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi.
Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi birinchi bor 1974 yilda Jahon oziq-ovqat sammitida taklif qilingan bo‘lib, “oziq-ovqat iste'molining barqaror o‘sishini ta'minlash hamda ishlab chiqarish hajmi va narxlarning o‘zgarishlarini qoplash uchun asosiy oziq-ovqatlarning dunyoda yetarli jamg‘armalari har doim mavjudligini” anglatadi.
Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va to‘yimliligi hamda shaxsiy hohishlarni ham inobatga olish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi kengaytirildi. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mavjud zamonaviy adabiyotda 200 dan ortiq tushuncha va 450 ko‘rsatkich mavjud.
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlar keltirilgan. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ko‘p tushunchalar va ko‘rsatkichlar mavjudligiga qaramay, mazkur g‘oyaning o‘ta muhimligini hamma e'tirof etgan.
1996 yilda Jahon Oziq-ovqat xavfsizligi sammiti oziq-ovqat xavfsizligini shart sifatida belgiladi: “...barcha odamlar o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom hayotni ta'minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga jismonan va iqtisodiy jihatdan ega bo‘la olishi.”
2001 yilda oziq-ovqat xavfsizligi g‘oyasiga jismoniy va iqtisodiy imkoniyatdan tashqari ijtimoiy imkoniyat tushunchasi ham qo‘shildi. Hozirgi FAO belgilagan tushuncha mazkur qo‘shimcha jihatni quyidagicha aks ettiradi: “barcha odamlar odamlar o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom hayotni ta'minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlarini ega bo‘lish uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarga egaligi oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlandi deganidir”.
FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan ahvol oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ta'minot barqarorligi, ega bo‘lish imkoniyati va sog‘lomligi bilan belgilanadi.
Ular quyida batafsil belgilangan:
- barqarorlik: oziq-ovqat ta'minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida shaxs har doim oziq-ovqatga ega bo‘la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo‘hron) yoki siklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim;
- oziq-ovqat mavjudligi: zarur sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining zarur miqdorda ichki ishlab chiqarish yoki import orqali (shu qatori oziqaviy ko‘mak) ta'minoti. Oziq-ovqat mavjudligining eng ko‘p qo‘llaniluvchi vositasi kaloriyalarda hisoblanuvchi jon boshiga kundalik energiya sarfidir (KES). FAO uslublariga ko‘ra KES ko‘rsatkichi oziq-ovqat balansiga asoslangan oziqa iste'moli turiga binoan hisoblanadi. FAO muayyan tovarlarni oziq-ovqat ta'minotining turli manbalari (ishlab chiqarish, jamg‘armalar, savdo) va mahsulotlardan turli maqsadlarda foydalanishga (yoki iste'mol) (em, urug‘lik, sanoatda foydalanish, chiqitlar) oid ma'lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat balanslarini hisoblaydi.
- oziq-ovqatga ega bo‘la olish: to‘yimli oziqlanish uchun zarur oziqalarga ega bo‘lish maqsadida zarur resurslardan foydalanish uchun jismoniy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar. Oziq-ovqatning jismoniy ta'minoti oziq-ovqat mahsulotlari iste'molchilar talab qilgan miqdor va tanlovda bozorda mavjudligi hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun infratuzilma bo‘lishini nazarda tutadi. Iqtisodiy imkoniyat aholining barcha ijtimoiy qatlamlari yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga qurbi yetishini bildiradi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy imkoniyat uy xo‘jaliklar oziq-ovqat xaridi uchun yetarli daromadga egaligi va mamlakat oziq-ovqat importi uchun yetarli xorijiy valyutaga egaligini bildiradi.
Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar:

  1. Milliy va mintaqaviy oziq-ovqat xavfsiligini ta’minlash yo’nalishlarini belgilab bering.

  2. Milliy va mintaqaviy oziq-ovqat xavfsiligini ta’minlashnish shart-sharoitlarini ko’rsating.

  3. Oziq-ovqat xavfsiligini ta’minlashnish hamda eksport-import aloqadorliklariga baho bering.

  4. Oziq-ovqat etishmovchiligi va ocharchilik muammolari sabablarini izohlang.

  5. Global isish jarayoni va uning oziq-ovqat xavfsiligiga ta’sirini o’rganib chiqing.



Download 269.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling