Cast iron, non-ferrous metal and alloys
Download 0.99 Mb.
|
Lecture 10 (1)
Mavzu:Ferromagnitlar
Reja: 1.Ferromagnetiklarni magnitlanish jarayoni. 2.Gisterezis sirtmog’i. 3.Qoldiq magnitlanish va koertsetiv kuch. 4.Ferromagnetizmning tushuntirilishi. 5.Domenlar nazariyasi haqida tushuncha. Tanch so’zlar: Ferromagnetik, gisterezis sirtmog’i, domenlar nazariyasi Kuchli magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarga ferromagnitlar deyiladi. Ferromagnitlarga temir, nikel, kobalt, gadoliniy va ularning qotishmalari kiradi. Ferromagnitlarni magnit singdiruvchanligi () magnitlovchi maydonning kuchlanganligiga bog‘lanib o‘zgarishini 1872 yilda Stoletov aniqlangan. 1-rasm 2-rasm Grafikdan ko‘rinadiki, ferromagnit moddani magnitlovchi maydon kuchlanganligi H ortishi bilan (1-rasm) tez suroat bilan ortib o‘zining maksimum qiymatiga erishadi. So‘ngra H ortiShi bilan kamayib, katta H li maydonlarda ning qiymatlari nolga intiladi. Ferromagnit moddani magnitlash uchun, shu moddadan yasalgan sterjen g‘altak ichiga kiritilib, g‘altakdan ma’lum tok o‘tkaziladi. G‘altakdagi tok kuchi ortganda magnit maydon kuchlanganligi H ga bog‘lanib sterjendagi magnit induktsiyasi V ham orta boradi va A nuqtada B to‘yinish holatiga etadi. G‘altakdagi tok kamayganda H kamayib sterjendagi B kattaligi ham kamayadi. Lekin sterjenni magnitsizlanishi magnitlanish yo‘nalishidan emas, balki AC egri chiziq bo‘yicha bo‘ladi. Bunda, sterjenni magnitsizlanishi g‘altakdagi magnit maydon kuchlanganliklarining kamayishidan orqada qoladi. Bunday xodisaga gisterezis xodisasi deyiladi. Grafikdan ko‘rinadiki, H=0 da ham sterjenda B nolga teng bo‘lmay balki, OC kesma bilan ifodalangan qoldiq magnit induktsiyasi mavjud bo‘ladi. Sterjenni butunlay magnitsizlanishi uchun g‘altakda teskari yo‘nalishidagi maydon kuchlanganligini hosil qilish kerak. Teskari H ni orttira borib B ni qiymatini nolga tenglashtiriladi. Bu xolat grafikda CD egri chiziq bilan tasvirlangan. Agar moddani qayta magnitlanish tsikli butunlay takrorlansa, magnit induktsiyaning o‘zgarish jarayoni ko‘rsatilgan berk egri chiziq bo‘ylab tasvirlanadi. Bu egri chiziqqa gisterezis xalqasi deyiladi. Ferromagnitlarni asosiy xususiyatlaridan biri H ta’siri to‘xtatilgandan keyin ham magnitlanganicha qolishidir. Bunga sabab ferromagnitlarda o‘z-o‘zidan (s’ontan) to‘yinishga qadar magnitlangan kichkina soxalar-domenlarni mavjud bo‘lishidir. Domenlarni o‘lchamlari 10-2 - 10-4 sm tartibida bo‘lib, ko‘‘lab milliard atomlarni birlashtiradi. Domenlar H ta’sirida bo‘lmaganda xar xil orientirlangan bo‘ladi 3-rasm. 4-rasm Tashqi H bo‘lganda domenlar orientirlana boshlaydi (b) va etarli kuchli Hm maydonda barcha domenlar maydon yo‘nalishida burilib, to‘yinishga qadar magnitlanadi (v). Magnitlovchi maydon ta’siri to‘xtagandan keyin to‘yinishga qadar magnitlangan domenlar ma’lum darajada tartibli joylashganicha qoladi. Domenlarni tartibsizlanishiga Koertsitiv kuchlar xalaqit beradi. Bu kuchni engiSh uchun Ferromagnitga teskari yo‘nalgan H bilan ta’sir qiliSh yoki uni qizdiriSh, yoxud silkitish kerak. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling