Cавдогарбанк Тошкент вилояти былими Кредит =ымитасининг мажлис баёни


To’lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash


Download 104 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi104 Kb.
#1157523
1   2   3   4
Bog'liq
bank siri

2.To’lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash.
Hattoki bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas.
Bank qonunchiligiga asosan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar ko‘rishi , ularning saqlanishini kafolatlashi lozim.
Bugungi keng kamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘lov tizimi har bir mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi. CHunki, to‘lov tizimi iqtisodiyotning moliyaviy infrastrukturasida hayotiy zarur element bo‘lib hisoblanadi hamda iqtisodiyotni pul-kredit siyosati orqali samarali boshqarishni ta’minlovchi zaruriy kanallardan biri bo‘lib sanaladi.
Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan kompaniya va firmalar faoliyat ko‘rsatib, ular doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Korxona va tashkilotlar bir-birlari bilan oldi-sotti munosabatlarini o‘rnatadilar, bu munosabatlar o‘zaro hisob-kitoblar orqali hal qilinadi. Bu hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun to‘lov tizim mavjud bo‘lishi lozim. Ushbu to‘lov tizimi arzon, qulay shu bilan birga xavfsiz ham bo‘lishi lozim. Agar to‘lov tizimi rivojlangan bo‘lsa, undan foydalanish sur’ati ham oshib boradi. To‘lov tizimlari turli shakllarda tashkil etiladi, lekin ularning maqsadi doimo bitta, ya’ni aholiga va xo‘jalik sub’ektlariga o‘z pul mablag‘larini bir bankdagi hisobvaraqdan boshqa bank hisobvarag‘iga tez o‘tkazib berishni ta’minlashdir.
To‘lov tizimi deyarli barcha risk turlariga uchraydi. To‘lov tizimlarning ishtirokchilari uchrashi mumkin bo‘lgan risklarning har xil turlari mavjud.
To‘lov tizimi bu- tashkilotlar, huquqiy me’yorlar, vositalar hamda hisob-kitoblarda qatnashuvchilarning hisob-kitoblarini o‘tkazishni ta’minlaydigan dasturiy-texnik, kommunikatsion-axborot vositalari majmuidir. SHu jihatdan to‘lov tizimining faoliyati, tashkiliy tuzilishiga uning riskka tortilishiga olib keladi. Bunda:
- hisob-kitoblar va bank holati bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlarning berilishi, xodimlar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘irliklarni yashirish, xodimlarga berilgan pora evaziga kredit hujjatlarini sohtalashtirish va boshqalar;
- hisob-kitob hujjatlarini o‘g‘irlash va ularni soxtalashtirish, kredit olish va to‘lash bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish;
- mijozlar, xizmatlar va biznes yuritish standartlariga oid ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va xisobvaraqlardan foydalangan holda firibgarlik;
- ishdagi, axborot va aloka tizimidagi xatolik va uzilishlar, ya’ni texnikaning ishlamay qolishi, telekommunikatsiya muammolari va dasturdagi uzilishlar;
- to‘lov tizimi va kompyuter aloqalariga ruxsatsiz kirish,
- hujjatlarni rasmiylashtirish, operatsiyalar o‘tkazish va jarayonlarni boshqarish, ya’ni ma’lumotlarni kiritishdagi hatoliklar, xuquqiy hujjatlarning etishmasligiva boshqalar kiradi.

O‘zbekiston respublikasining 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi keltirilgan. Bular:


- banklarning axborot xavfsizligini ta’minlash va bank sirini muhofaza qilish; axborotning tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va undan o‘zgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish kabilar hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish uchun axborotni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish, sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish belgilangan va barcha banklar bu qonuniy normalarga rioya qilishlari lozim. Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini ta’minlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining barcha hollari to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va banklarda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etilgan bo‘lib u:


-axborotning saqlanishini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etadi;


-axborotni muhofaza qilish masalalarida uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
-avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish tizimini loyihalash, sinovdan o‘tkazish va qabul qilib olishda ishtirok etadi;
-avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar bo‘lganligi, unga boshqacha shaklda aralashilganligi aniqlanganda hamda tizimning ishlash qoidalari buzilganda mazkur tizimdagi axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
-axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarining holati va samaradorligini tahlil etadi va boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.

Bank ichki jarayonlarda o‘rnatilgan jarayonlardagi nosozliklar, jarayonlarga bo‘ysinmaslik va jarayonning biznes-liniya doirasida etarlicha aks ettirilmasligi, inson omili bilan bog‘liq risklar, noto‘g‘ri boshqaruv, kadrlarning noto‘g‘ri tanlangani, qonunlar, etik normalar va shartnomaviy kelishuvlarga rioya qilmaslik, hamda bank faoliyatida bank siri bilan bog‘liq jarayonlarda muammolar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.


Ammo, kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi. Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Banklar o‘z faoliyatining xavfsizligini ta’minlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o‘z mijozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o‘zaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga, shuningdek omonatchilarga pullarni qaytarish tadbir-choralarini ko‘rish uchun agent banklarga taqdim etiladi. Agar bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi talab qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa, bank bunday ma’lumotlar taqdim etishni rad qilishga haqli hisoblanadi. Bu borada ma’lumot so‘rovchi ma’lumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Bank va bank xodimi bank siri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan shaxsning ma’lumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga zarar etkazganligi aniqlansa bank xodimi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.




  1. Download 104 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling