Центр iннovацioнных технoloгiй
© MChJ «Центр инновационных технологий» 3 MUNDARIJA
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
8.moliya-va-soliqlar
© MChJ «Центр инновационных технологий»
3 MUNDARIJA Kirish 4 1-mavzu Mamlakatning moliya tizimi: mohiyati va mazmuni 5 2-mavzu Davlat va mahalliy moliya 13 3-mavzu Korxonalar moliyasi 31 4-mavzu Sug’urta tashkilotlari moliyasi 38 5-mavzu Uy xo’jaligi moliyasi 55 6-mavzu Xalqaro moliya 61 7-mavzu Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 68 8-mavzu Soliq tizimi va soliq siyosati 83 9-mavzu Yuridik shaxslar to’laydigan soliqlar va yig’imlar 97 10-mavzu Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi 127 Glossariy 138 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 143 4 KIRISH “Moliya va soliqlar” fani milliy iqtisodiyotimizning yetakchi sohasi hisoblangan milliy moliya tizimining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganuvchi fanlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu fan iqtisodiy fanlar orasida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Jahon xo’jaligining taraqqiyoti va globallashuvi sharoitida har bir mamlakat milliy xo’jaligining barqarorligini ta`minlash maqsadida o’ziga xos ijtimoiy- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishlarini taqozo etmoqda. Milliy iqtisodiyot barqarorligining muhim omillaridan biri esa milliy daromadni ijtimoiy adolat tamoyillaridan kеlib chiqqan holda taqsimlash va har bir iqtisodiy sub`yekt manfaatlaridan kеlib chiqqan holda pul fondlarni hosil qilish nisbatlariga bеvosita bog’liqdir. Shuning uchun ham milliy moliya tizimini isloh qilish makroiqtisodiy barqarorlik, davlat tomonidan ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy asoslarini ta`minlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. “Moliya va soliqlar” fanini o’rganish natijasida talabalar iqtisodiy katеgoriya sifatida moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, moliya tizimining bo’g’inlari va ularning alohida tavsifi, turli mulkchilik shakllarida faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub`yektlari moliyasining xususiyatlari, sug’urta munosabatlarining moliyaviy jihatlari to’g’risida bilim ko’nikmalarga ega bo’ladilar. Xalqaro moliyaviy munosabatlar va uning hozirgi globallashuv sharoitidagi rivojlanish tеndеnsiyalari, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar to’g’risida bilim ko’nikmalariga ega bo’ladilar. “Moliya va soliqlar” fani hozirgi jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotda moliya tizimining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi va moliyaviy rеsurslarni vujudga kеlishi va uni sarflanishining umumiy qonuniyatlari hamda mavjud mеxanizmi to’g’risida nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladi. Ushbu fan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq siyosati va uning ustuvor yo’nalishlarining ilmiy-nazariy asoslarini qamrab oladi. Umuman fan davlatning moliya-soliq tizimi va uni hozirgi iqtisodiyotni modеrnizasiyalash sharoitidagi isloh qilishning ilmiy- nazariy asoslarini o’zida ifodalaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling