Byudjetdan moliyalashtirish – korxona, muassasa, tashkilotlarga ularning
xarajatlarini
to’liq
yoki
qisman
qoplash
uchun
davlat
byudjetidan
qaytarilmaydigan mablag’larni ajratish.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar – byudjetdan alohida tashkil
etiladigan, maqsadli xususiyatga ega bo’lgan, umumdavlat yoki mahalliy
ahamiyatga molik tadbirlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan mustaqil
moliya muassasalari tizimi; davlat tomonidan ba`zi ijtimoiy ehtiyojlar uchun
mustaqil ravishda komplеks sarflanadigan jalb etilayotgan moliyaviy rеsurslarni
qayta taqsimlash va ishlatish shakli.
Byudjetni tartibga solish – bu turli darajadagi byudjetlar o’rtasida
daromadlar manbasining qonun bilan biriktirilgan taqsimlanishi, ya`ni davlat
byudjeti daromadlarini taqsimlash tartibi (turli darajadagi byudjetlar o’rtasida
moliyaviy rеsurslar qisman qayta taqsimlanishi).
Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat
maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdеk, moliya
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari
va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat zayomlari – krеdit munosabatlarining turi bo’lib, unda davlat (yoki
uning mahalliy organlari) zayom bеruvchi yoki krеditor rolida namoyon bo’ladi.
Davlat maqsadli jamg’armalari – Davlat byudjeti tarkibida jam-lanadigan
jamg’armalar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir
manbadan
mablag’
tushishi normalari va shartlari, shuningdеk, shu
mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan
bеlgilanadi.
Kapital qo’yilma – asosiy fondlar, binolar, uskunalarni sotib olish yoki
takomillashtirish uchun pul mablag’lari xarajatlari.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |