Central asian academic journal of scientific research
Download 454.94 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-lutfiy-qozonchining-o-gay-ona-asarida-ona-obrazi-takomili
92
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”, - deyilgan [2, 17]. U oʻgʻlini boshlangʻich maktabidan soʻng ilmli, olijanob va fazilatli inson boʻlishi uchun Imom Xatib maktabida oʻqitishni xohlaydi. Bunga o‘g‘lining otasi va ustozi tomonidan bir qancha qarshiliklar boʻlsa-da, u bu masalada oʻzining jiddiy niyatida turib, oʻz maqsadiga yetadi. Chunki u farzandlar uchun o‘z otasidan ham ko‘proq qayg‘urar edi. Bir kuni hatto o‘z farzandi Odila ovqat to‘kib yuborgan vaqtda uni jahl ustida urib yuborgan Odilbekni Fotima o‘z so‘zlari bilan uyaltiradi: “ – Nega bolani urdingiz? Bola shunday boʻlmaydimi, axir bu goʻdak-ku. Men ursam, siz qaytarish oʻrniga teskarisi boʻlyapti, bundan keyin siz oʻgay ota boʻlasiz, men oʻz onasi... – Fotimaxon, kimga qiyin – sizga qiyin boʻladi-ku. Uni artib yuvadigan siz emasmi? – Albatta, men. Ammo menga emas, bolalarga achining. Yer yuzida bularga achinadigan birgina siz va men. Buni yolgʻiz tashlab qoʻyasizmi? Bunga Alloh rozi boʻladimi? Modomiki, kirlarni men yuvar ekanman, sabrim tugaguncha siz ham sabr qilasiz. Yaxshi boʻlib ketadi. Tarbiyamizga Alloh yordam beradi. Men bunga ishonaman” [4, 69]. Shu soʻzlardan soʻng Odilbek oʻz qilgan ishidan juda uyaladi va oʻzi uchun kerakli xulosalarni chiqaradi. Axir Fotima ularning onasi, qanday qilib tarbiya qilishni u yaxshi biladi. Abdulla Avloniy tarbiya borasida quyidagi soʻzlarni aytib oʻtgan: “Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni oʻrgatmak, yomon xulqlardan saqlab oʻsdurmakdir” [1, 43]. Fotimaning farzandlari uchun tutgan yoʻli, bergan tarbiyasi maqtashga arzigulik, farzandlari uchun eng maʼqul yoʻlni tanlab, ularni eng fazilatli inson boʻlishida ulkan hissasini qoʻshadi. Fotima bu orada o‘zi ham bir farzandli bo‘lib, uchta farzandning onasi bo‘ladi. Ammo u uchala farzandga ham birdek adolatli munosabatda bo‘ladi va vijdonan ularga o‘zining bor mehrini beradi. Chetdan qaragan inson ham bu farzandning ikkisi o‘gay, birigina o‘zining haqiqiy farzandi ekanini anglashi mushkul edi. Yana bir voqea misolida Fotimaning sabrli ona ekaniga yana bir karra ishonch hosil qilsa arziydi. Kunlarning birida |Fotimaning o‘z qizi, bir necha oylik chaqaloq Samihaga katta qizi Odila qarab turardi. Yig‘lab qolgan go‘dakka Odila o‘zi yeb o‘tirgan no‘xatni beradi va shu zahoti no‘xat go‘dakning tomog‘iga tiqilib qoladi va o‘limiga oz qolganda Fotima o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoladi. Jahl ustida Odilaga bir tarsaki tushirmoqchi bo‘ladi, ammo shu paytning o‘zidayoq bu niyatidan qaytadi, Allohga yolvoradi: “Yo Rabbim, ko‘ngli yarim yetimlar haqi, bag‘rimdagi ikki yetim bolam haqqi zurriyodimni qutqar. Kichik yoshda yetim va o‘ksik qolgan Habibing haqqi. Yetimlar boshini silagan, ularni o‘z qaramog‘iga olgan va mehr ko‘rsatgan insonlar haqi…” [4, 72]. Oradan ma’lum vaqt o’tadi va go‘dakning ahvoli yaxshilanadi. Bu vaziyatda Fotimaning sabri va aqli rasoligi tahsinga sazovordir. Axir bu vaziyatda har qanday inson o‘zini tuta olishi va bunday munosabat qila olishi CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 Download 454.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling