Central asian academic journal of scientific research
Download 454.94 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-lutfiy-qozonchining-o-gay-ona-asarida-ona-obrazi-takomili
93
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz mushkuldir. Shu o‘rinda O‘tkir Hoshimovning ona haqida bergan ushbu fikrlarini esga olish joizdir: “Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo’lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo’lmas ekan. Ona – ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas” [3, 9]. Shu so‘zlardan anglash mumkinki, haqiqiy ona uchun o‘z farzandi yoki uning o‘gay ekanining ahamiyati yo‘q. Muhimi u insonning yetimlarga bo‘lgan mehri, sof vijdoni, iymon-e’tiqodining butunligida va Alloh rizosi uchun to‘g‘ri yo‘l tanlay ola bilishida. Bunday insonni Alloh hamisha qo‘llaydi, o‘z panohida asraydi, unga hidoyat yo‘lini ko‘rsatadi. Buni “Al-jome as-sahih” asarida ham ko‘rish mumkin. “Rasululloh sallalohu alayhi vasallam: “men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz”, – deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatdilar” [5, 25]. XULOSA Adibning mahorati shundan iboratki, u kitobxonga Fotima timsoli orqali onalik maqomining buyukligini, ona mehr-muhabbati dunyodagi barcha tuygʻular ichida eng oliy tuygʻu ekanini ochib berdi. Bu bilan Ahmad Lutfiy Qozonchi inson hayotining falsafasini ona mehri bilan ochib berishga muvaffaq boʻldi. U Fotima obrazi orqali garchi oʻgay boʻlsa-da, chin maʼnodagi mehribon, farzand uchun borini baxshida etuvchi fidokor onani, har ishni oʻylab qiluvchi oqila umr yo‘ldoshini tasvirlab ko‘rsatadi, shuningdek, o‘gay ona ham rahm-shafqatli bo‘la olishini isbotlab berdi. Adib yaratgan obraz na zamon va makon, na millat va elat tanlamaydi. Ona timsolini oʻgay ona obrazida mohirlik bilan tasvirlab berish va bunda mukammallikka erishish – yozuvchining ulkan yutugʻidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) 1. Avloniy A. (2016). Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: Yangi asr avlodi, 145 b. 2. Imom Ismoil al-Buxoriy. (1991). Sahihi Buxoriy. – T.: Qomuslar, 403 b 3. Hoshimov O‘. (2015). Dunyoning ishlari. Qissa. – T.:Yangi asr avlodi, 336 b. 4. Qozonchi A.L. (2019). O‘gay ona. – T.: Book media, 190 b. 5. Холиқова, Н. (2020). Ўзбек мумтоз адабиётида хотин-қизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3). 6. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure. 7. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054. 8. Холиқова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кўра ўрганиш. Science and Education, 1(Special Issue 2). Download 454.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling