Central asian academic journal of scientific research
Download 454.94 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-lutfiy-qozonchining-o-gay-ona-asarida-ona-obrazi-takomili
91
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz yetkazadi. Bu fikrlarning tasdig‘ini Ahmad Lutfiy Qozonchining “O‘gay ona” asari misolida ko‘rish mumkin. ASOSIY QISM “Oʻgay ona” asari nomini ilk marta eshitganda inson koʻz oʻngiga yetim farzandlarga mehr berish oʻrniga oʻgaylik qiladigan ona timsoli gavdalanadi. Ammo asarni oʻqib borish jarayonida bu fikrlar qanchalik oʻz tasdig‘ini topishi yoki buning aksi ekanini bilish mumkin. Asarning bosh qahramoni 19 yoshli Fotima ismli qiz barcha qizlar, qolaversa, barcha onalar uchun ibrat boʻluvchi inson qilib tasvirlangan. Ikki farzandli erkak kishidan sovchi kelishiga qaramay, unga rozilik bildirishi uning oila aʼzolari, qarindoshlari va, tabiiyki, kitobxonni ham oʻylantirib qoʻyadi. Buning sababi shuki, qoʻshnisi Ismoil ismli bolaning 3 yoshida oʻz onasidan ayrilib, oʻgay ona qoʻlida qiynalganligi, zulm koʻrganligi edi. Fotima xuddi shu bolaning zulm ko‘rganligi kabi ikki goʻdakning ham shunday oʻgay ona qoʻlida qolmasligi va zulm ko‘rmasligini, oʻzining ularga oʻgay emas, haqiqiy onasi kabi boʻlishni chin koʻngildan xohlaydi. “Zero, Rasuli akram nabiyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: “Ey, bandalar! Allohdan qo‘rqingiz, Allohning ismi ila ont ichamanki, bir mo‘min bir mo‘minga zulm qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida ul odamdan o‘ch olur”, - deganlar” [1, 123]. Fotima Alloh roziligi uchun shu yo‘lni tanlaydi, ikki goʻdakka ona boʻlishdek ulkan va masʼuliyatli vazifani oʻz xohishi bilan zimmasiga oladi, garchi bu oson boʻlmasa-da, u sabr-matonat bilan bunga erishadi. Fotima boshqa qizlar kabi oddiy qiz emas, uning tili va dili go‘zal, sof, samimiy va iymon-eʼdiqodi mustahkam qizdir. Uning iymoni mustahkam ekanini ushbu voqea orqali bilish mumkin: Bir kuni Fotima oʻz dugonalari bilan birga oʻtirgan vaqtda ular bu yerda faqat qizlar borligi va shu sababdan uni ham roʻmolini yechib oʻtirishlarini soʻrashadi. Fotima rad javobini bersa-da, ular qayta soʻrashadi. Shunda Fotima ularga: “Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab boʻladigan holda koʻrmasin. Oʻzi amr etgan, oʻzi rozi boʻladigan qiyofada koʻrsin”, [4, 18] deb javob beradi. Shundan soʻng qizlar tarafidan Fotimaga nisbatan hech qanday eʼtirozga oʻrin qolmaydi. Fotima har qanday vaziyatda ham o‘z aqliga suyangan holda hozirjavoblik qilishi, uning tilidan chiqayotgan ma’noli so’zlarining barchasi uning iymoni mustahkam ekanligidan darak beradi. Uning turmush o‘rtog‘i Odilbekka ham Qur’on o‘qitishni o‘rgatishi har qanday inson ko‘nglida unga nisbatan mehr-muhabbat hissini uyg‘otmay qo‘ymaydi. U bu ishga vijdonan yondashar, chin koʻngildan bajarar edi. Xuddi shunday farzandlariga ham sabr va matonat, chin ixlos bilan tarbiya beradi. Diniy va dunyoviy ilmlarni oʻrgatadi. “Alloh taolo oyati karimasida ilm fazilati to‘g‘risida shunday deydi: “Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 Download 454.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling