Cern (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li
Download 14.25 Kb.
|
Muhum sanalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- World Wide Web
Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Birinchi marta 1969yil 29oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan LosAnjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davomida axborot almashinilgan. 1992–93yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan. World Wide Web (ma’nosi: xalqaro o‘rgimchak to‘ri)ning yaratilishiga 1989yil
Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi ning loyihasi asos bo‘ldi. Birinchi Webbrauzer 1990yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan. O‘zbekistonda ham WWW.UZ milliy axborotqidiruv tizimi 2006yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. Shu davr ichida milliy axborotqidiruv tizimi
elektron xizmatlar, texnologik qulayliklari va funksiyalari evaziga internet foydalanuvchilari o‘rtasida ommalashdi. 2015yilning 11fevral tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Milliy qidiruv tizimi interfeysi o‘zbek va rus tillarida tashkil etilgan. Kibernetika hamda informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida 1956-yilda akademik M.T.O‘rozboyev tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida, V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi. 1966-yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo'lgan Kibernetika instituti, 1978-yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Download 14.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling